Toşkent viloyatida oilaviy janjal sabab ayol özini “Bözsuv” kanaliga taşladi. Bu haqda Toşkent viloyati Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, keça, 24 avgust kuni soat 16:30 larda 1992 yilda tuğilgan fuqaro N.Kuçakova turmuş örtoği, 1989 yilda tuğilgan F.Jörayev bilan özaro janjallaşib qolgan. Oilaviy mojaro sabab ayolning jahli çiqib, Çirçiq şahar Zakovat köçasidagi “Bözsuv” kanali ustidagi köprikdan özini taşlagan.

Oradan 20 daqiqa ötib uşbu holatni körgan artofdagi fuqarolar zudlik bilan Çirçiq şahar Favaqulodda vaziyatlar bölimi 8-yonğin-qutqaruv qismiga xabar berişgan. Voqea joyiga bir guruh qutqaruvçilar yetib borib, fuqaro N. Kuçakovani qutqarib qolişgan.

“Voqea joyiga yetib kelgan tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan fuqaroga birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda fuqaro N. Kuçakovaning ahvoli yaxşi”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.









