“UzAutoMotors” kompaniyasi 2022 yil 1 fevralga qadar Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi şartnomalar tuzişni töxtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida aytilgan.
“Hammamizga maʼlumki, logistika muammolari portlar va temir yöllarda (konteynerlar 6 oygaça keçikadi), şuningdek, butun böylab yarimöʼtkazgiçlarni etkazib berişda uzilişlar dunyo global avtomobil sanoatida uzoq davom etgan inqirozga olib keldi.
Afsuski, bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emas.
Keçayu kunduz işlab çiqarişga qaramay, dilerlarning barça saʼy-harakatlari va Kompaniya xodimlarining fidokorona mehnatiga qaramay, avtosalonlarda navbatlar tobora ortib bormoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilişiça, “UzAutoMotors” jamoasi oktyabr, noyabr va dekabr oylarida şartnoma majburiyatlarini sifat jihatidan yöqotmasdan bajariş uçun barça imkoniyatlarni işga solgan. Ammo har safar kompaniya vaziyatni amalda yengib, avval yetkazib berilmagan avtomobillarni işlab çiqara olgan va deyarli normal iş ritmiga qaytgan.
“Bunday şaroitda Kompaniyaning boşqa bir yöli mavjud emas, bir qator boşqa global avtomobil işlab çiqaruvçilardan örnak olişga, vaqtinça, 20.12.2021 dan 01.02.22 gaça muddatiga Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalar qabul qilişni töxtatib, barça kuç-ğayratimizni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni işlab çiqarişga qaratiş.
Aynan şu maqsadda zavod belgilangan muddatda işlaydi. Bu qarorni qabul qiliş biz uçun oson bölmadi, ammo hozirgi şaroitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar böyiça avtomobillarni işlab çiqarişni özining ustuvor vazifasi deb biladi”, deyiladi kompaniya xabarida.
“UzAutoMotors” vaqtinçalik yangi avtomobilga buyurtma bera olmagan potentsial xaridorlaridan çin dildan uzr söragan.









