Tadbirkorlarga uzluksiz ravişda (24/7 rejimda) valyuta ayirboşlaş xizmatlarini körsatişga ruxsat beriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqobat muhitiga salbiy taʼsir körsatadigan tösiqlarni bartaraf etiş va tadbirkorlik faoliyati yönalişlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.
Qarordagi çora-tadbirlarga muvofiq, 2022 yilda "norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelişini oldini oliş, şuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravişda (24/7 rejimda) körsatiş imkonini yaratiş maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboşlaş xizmatlarini körsatişga ruxsat beriş" belgilangan. Şuningdek, moliyaviy xizmatlar körsatiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subʼektlariga kredit uyuşmasi xizmatlar bozoriga kiriş imkoniyatlarini yaratiş rejalaştirilgan. Bunga Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi masʼul etib körsatilgan.
Fuqarolarga haftaning istagan vaqtida valyutani rasmiy almaştiriş imkoniyati yaratiladi.









