AQŞlik olimlar RNK asosida Covid-19 bilan kasallangan odamlarni aniqlaydigan alkotester uslubidagi testni işlab çiqdilar.
Braun universiteti tadqiqotçilari tomonidan yaratilgan «Bubbler» nomli mazkur qurilma Covid-19 taşxisini qöyiş uçun virusli RNKni aniqlaşga tayanadi. Uning nomi bemor qurilmaga nafas çiqarganda paydo böladigan köpikli ovozdan olingan.
Bubblerni keyinçalik PZR orqali sinab köriş uçun ştrix kodlaş ham mumkin.
Bubbler tomonidan virusni aniqlaş kasalxonada ötkaziladigan tampon PZR testiga öxşaş bölsa-da, havodagi virus zarralarini aniqlagani uçun tadqiqotçilar uni infektsiya xavfini PZRdan yaxşiroq ölçaşiga işonadilar.
Şuningdek, bubbler keyinçalik nafaqat şifoxonalarda, balki transport markazlarida, ofislar, kemalar va samolyotlar kabi yopiq joylarda atrof-muhitdan namuna oliş uçun ham moslaştirilişi mumkin.
2020 yil may oyidan 2021 yil yanvariga qadar Rod-Aylend şifoxonasining tez yordam bölimida davolangan yetmiş nafar bemor tekşiruvdan ötkazildi.
Tadqiqot vaqtida nafas oliş yöllarining uçta nuqtasidan namunalar olinib, sinovdan ötkazildi. Tilning oğiz böşliğidagi qiçişişlari va 15 soniyalik nafas çiqarilişidan keyin bubblerda töplangan havo anʼanaviy PZR testidagi natija bilan soliştirildi.
Bubbler pipetkali şişa nayça körinişida bölib, u orqali bemorlar nafas oladi. Nayça teskari transkriptsiya reaktsiyasi aralaşmasi va sovuq mineral moy bilan töldiriladi.
Tadqiqotlar natijasi şuni körsatdiki, nafaqat virusni öpkada osongina aniqlaydi, balki pastki nafas yöllarining harakatini ham tekşirib beradi.
«Yana bir afzalligi bu ştrix kodlaş bölib, u anʼanaviy test sinovlari narxidan kamroq xarajat evaziga yuqori ötkazuvçanlik orqali RNK virusini tekşiriş imkonini beradi. Ştrix kod ştammni identifikatsiyalaşni qöllab-quvvatlaydigan virusli ketma-ketlikni qaytaradi, bu esa ötkazuvçanlik va ştammga xos davolaş çoralari haqida köproq maʼlumot olişda nihoyatda foydali bölişi mumkin.









