“Omicron” va “delta” ştammlari bir vaqtning özida yuqişi mumkinligi aniqlandi

“Omicron” va “delta” ştammlari bir vaqtning özida yuqişi mumkinligi aniqlandi

Koronavirusning “omicron” va “delta” ştammlari bir vaqtning özida inson tanasi hujayralariga kirib, yangi, yanada xavfli virus turining paydo bölişiga olib kelişi mumkin. Bu haqda Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi boş tibbiy mutaxassisi Pol Berton maʼlum qildi.  

“Janubiy Afrikada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar şuni körsatadiki, odamlar, ayniqsa immuniteti zaif odamlar bir vaqtning özida ikkita virusni yuqtirişlari mumkin. Hozirda bu biz körayotgan infektsiyalar sonini hisobga olgan holda mumkin”, degan şifokor. 

Bertonning qöşimça qilişiça, bir vaqtning özida ikkita ştamm bilan kasallaniş yanada yuqumli variantga olib kelişi mumkin. 

Mutaxassislarning fikriça, ikkala ştamm ham bitta hujayraga yuqib, şu tariqa mutatsiyaga uçraşi mumkin, ammo hodisalarning bunday rivojlaniş ehtimoli nihoyatda past deb baholanmoqda. 

Taʼkidlanişiça, koronavirus pandemiyasi davrida ştammlarning rekombinatsiyasi deb ataladigan uçta holat aniqlangan, ular yakunda yangi mutatsiyaning paydo bölişiga yordam bermagan va infektsiyaning yangi tarqalişiga sabab bölmagan. 

Misol uçun, şunday holatlardan biri şu yil boşida Buyuk Britaniyada sodir bölgan. Öşanda virusning birinçi marta Ispaniyada aniqlangan B.1.177 ştammi bilan alfa ştammi qöşilişi natijasida virus varianti aniqlangan. Mutatsion ştamm bilan kasallanişning jami 44 ta holati qayd etilgan, ammo keyinçalik bu variant “öz-özidan erib ketgan”. 

Şuningdek, fevral oyida AQŞning Kaliforniya ştatida "alfa" ştammi Qöşma Ştatlarning ğarbiy qirğoğida topilgan B.1.429 turi bilan birlaşganidan keyin yana bir rekombinatsiya qayd etilgan. Biroq, oxir-oqibat, mutaxassislar uşbu ştamm bilan kasallaniş holatlarining juda kam sonini aniqlagan. 

Maʼlumot örnida, 26 noyabr kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan V.1.1.529 koronavirus ştammini yunonça “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda köp mutatsiyalarga ega, ularning baʼzilari JSSTni taşvişga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqaçon topilgan “omicron” ştammi boşqalarga qaraganda tezroq tarqaliş imkoniyatiga ega.

×