Putin SSSRning parçalanişini fojia deb atadi

Putin SSSRning parçalanişini fojia deb atadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin SSSRning parçalanişini fojia, tarixiy Rossiyaning qulaşi sifatida qabul qilişini aytdi. Davlat rahbarining bunday bahosi “Rossiya-1” telekanali efirida “Rossiya. Yaqin tarix” filmida yangragan.

“Bu mamlakat fuqarolarining mutlaq köpçiligi uçun fojia. Axir, Sovet Ittifoqining qulaşi nima? Bu Sovet Ittifoqi nomi ostidagi tarixiy Rossiyaning parçalanişi”, degan Putin.

U mamlakat öz hududining 40 foizini, işlab çiqariş quvvati va aholisini yöqotganini eslagan.

“Biz butunlay boşqa davlatga aylandik. Ming yil davomida töplangan narsa esa katta darajada yöqoldi”, deya qöşimça qilgan Putin.

Davlat rahbari Ittifoq parçalanişi bilan “25 million rus xalqi birdaniga xorijda, mustaqillik va suverenitetni qölga kiritgan sobiq SSSR Respublikalarida qolganini” taʼkidlagan.

“Ular (Respublikalar) uçun bu yaxşi, lekin xorijga ixtiyoriy ravişda çiqmagan odamlar uçun bu, albatta, yomon. Ularning qaytişi, yaqinlari bilan uçraşişi mumkin emas edi. Na iş joyi, na yaşaş joyi bor edi. Bu heç qanday mubolağasiz, buyuk insonparvarlik fojiasi”, deya tuşuntirgan Putin.

SSSR parçalanişining eng maşhur bahosini Putin 2005 yilda Federal Assambleyaga havola qilgan. Öşanda Prezident buni XX asrning eng katta geosiyosiy falokati deb atagan.

2015 yilda esa Putin Sovet Ittifoqi parçalanişi natijasida “rus xalqi dunyodagi eng köp bölingan xalqqa aylanganini” aytgan.

Maʼlumot örnida, 1991 yil 8 dekabrda Rossiya (Boris Yeltsin), Ukraina (Leonid Kravçuk) va Belarus (Stanislav Şuşkeviç) rahbarlari “Mustaqil Davlatlar Hamdöstligini taşkil etiş töğrisidagi bitimni imzolagan. Hujjatda “SSSR xalqaro huquq va geosiyosiy voqelikning subʼekti sifatida öz faoliyatini töxtatişi” aytilgan.

×