Endi qizlarning surati va videolarini tarqatiş, şuningdek, ularga “gap otiş” javobgarlikka sabab bölişi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş bilan boğliq muammolar tahlil qilinib, ularning oldini oliş böyiça qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan bir qator takliflar işlab çiqildi.


1. Qonunçilikda “taʼqib etiş” (stalking), yaʼni qizlarni, ayollarni orqasidan kuzatib yuriş tuşunçasi kiritilmaganligi, uşbu holatdan himoyalaniş mexanizmlari ham mavjud emasligini anglatadi. 


Bu holat arzimasdek tuyulişi mumkin, ammo taʼqib qiliş oqibatida xotin-qizlarda kuçli ruhiy tuşkunlik, qörquv, himoyasiz şaxsdek özini his qiliş, odamlarga qöşilmaslik kabi hissiyotlarni keltirib çiqaradi.


Uşbu holatlarning oldini oliş maqsadida qonunçilikka “taʼqib etiş” (stalking) tuşunçasini kiritiş hamda taʼqib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi beriş tizimini joriy etiş kerak.


2. Qonunçilikda iş va öqiş davomida tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollar iş beruvçisining yoki taʼlim muassasasi rahbarining javobgarligi belgilanmagan. 


Iş yoki öqişda tazyiqqa uçragan ayollar va zöravonlik qilgan şaxs örtasidagi munosabatlarni çeklaş tartibining yöqligi takroran zöravonlik, tazyiq sodir etilişiga sabab böladi.


Şuni inobatga olgan holda iş yoki öqişdagi zöravonliklarga çek qöyiş uçun jabrlanuvçi va tazyiq ötkazgan şaxs örtasidagi har qanday aloqalarni çeklaş lozim.


Bunda iş beruvçilar zimmasiga zöravonlar va jabrlanuvçining har qanday özaro munosabatga kirişişiga çeklov örnatiş majburiyatini yuklaş kerak.


3. Xotin-qizlarning turli körinişdagi rasmlari, videolarini tarqatiş orqali ularning şaxsiy hayot daxlsizligini, ayniqsa intim hayot daxsizligini buziş holatlari koʼplab uçramoqda. 


Bu holatlar kelgusida ularning hayotini tubdan özgartirib, oilaviy munosabatlarning buzilişiga, jamiyatdan ajralib notöğri yöllarga kirib ketişiga sabab bölmoqda. Amaldagi javobgarlik çoralari ayollarni bunday harakatlardan tölaqonli himoya qiliş imkonini bermayapti.


Ayollarning şaxsiy hayotiga turli “tajovuz”larning oldini oliş maqsadida, şaxsiy hayot daxlsizligini töliq kafolatlagan holda, ularning intim hayot daxlsizligini buzganlik uçun alohida javobgarlikni belgilaş zarur.


4. Bugungi kunga qadar zöravonlikka uçragan qariyb 36 mingga yaqin ayolga himoya orderi berilgan, bu degani 36 ming ayolga yordam kerak.


Biroq hozirda butun respublikada Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş böyiça markazlari atigi 29 ta, bu markazlar zöravonlikka uçrayotgan ayollarni töliq qamrab oliş imkoniyatini bermaydi.


Ayollarga yordam körsatiş institutlarini köpaytirişga xususiy tadbirkorlarni jalb qiliş kerak. Bunda tadbirkorlarga turli yönalişlarda, masalan, yer ajratişda, davlat bino va inşootlaridan foydalanişda, soliq, davlat grantlari, subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalarda imtiyozlar beriş samara beradi.


5. Ayollarga turli gap-sözlar “otiş”, ularga nisbatan turli izohlarni aytiş, ularning qaddi-qomatini baland ovozda tasvirlaş, qiyoslaş... bu holat barçamiz uçun oddiy holga aylanib qolgandek. Aslida, bu kabi harakatlar ayollarning erkin harakatlanişini çegaralaydi, ayrim hollarda ruhiy tuşkunlik, soğliqqa ham zarar yetkazadi. 


Şu sababli, ayollarga nafsoniyatga tegişi mumkin bölgan gap-sözlarni aytişni taqiqlaş va uşbu harakatlar uçun maʼmuriy javobgarlik çorasini belgilaş, şu bilan birga ayollarga şikast yetkaziş holati uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş lozim.

×