«Katta oğa», «Kalmar öyini» va «közadagi jin» haqida longrid

«Katta oğa», «Kalmar öyini» va «közadagi jin» haqida longrid

Bir qaraşda «Google» insoniyat kaşf etgan eng beminnat, har qanday sörovingizga «labbay» deb javob beradigan va buning uçun sariq çaqa ham olmaydigan xolis kömakçidek körinadi. Aslida ham şundaymi? Bu boradagi tadqiqotlar jiddiy xavotirga asos borligini, yaʼni hammasi biz öylagandek emasligini körsatyapti.

Tekin pişloq qopqonda böladi

Tasavvur qiling, vaqtning maʼlum uluşlarida qidiruv tizimidan «Soç östiradigan gel», «Bali orollari» hamda Napaleon Xillning «Öyla va boy böl» kitobi töğrisida maʼlumot izladingiz. Tabiiyki, «Google» bajonidil sizga atalganlarni taqdim etdi. Siz keraklisini oldingiz va yana odatiy yumuşlaringizga şönğidingiz. Yaʼni, bu siz uçun oddiy jarayon. Söradingiz, oldingiz, kördingiz, ketdingiz.

Ammo, «Google» uçun bu şunçaki ötkinçi holat emas. Qidiruv tizimining sunʼiy intellekti «söradi, topib berdim, öng yelkamdagi farişta yana bitta savob yozib qöydi» demaydi. Aksinça, siz uçun oçilgan maxsus fayl quyidagi qöşimça maʼlumotlar bilan töldiriladi: «Eşmat Toşmatov — IP-manzili falonçi, pistonçi identifikatorli kompyuter orqali tizimga kirdi. Mijoz taqirboş, soç tökilişidan aziyat çekadi, keyin ruhan toliqqan, dam olişga ehtiyoji bor, yana moddiy tomondan qiynalgan ham va hokazo».

Bu hali hammasimas. «TruePeopleSearch» tahliliy-statistika portaliga köra, «Google», şuningdek: qanday rusumdagi smartfon işlatasiz, qaysi mobil operator xizmatidan foydalanasiz, şu paytgaça qidiruvga bergan jamiki «kalit» sözlaringiz, elektron poçtadagi yozişmalaringiz, geolokatsiya va kontaktlaringiz, onlayn xaridlaringiz, brauzeringiz tarixi, telefoningizga yuklangan ilovalar, fotolar, yaratilgan hujjatlar kabi boşqa önlab maʼlumotlar «xazinasiga» ega. 

Internet manbalariga köra, «Google» korporatsiyasi foydalanuvçilar töğrisidagi gigant hajmdagi şaxsiy maʼlumotlarni sotiş ortidan yiliga 100 milliard dollardan köproq pul topadi. Soliştiriş uçun, bu — örtaça taraqqiy etgan davlatlar, deylik Slovakiya yoki Marokaşning yillik yalpi milliy daromadiga teng.  Endi aytingçi, siz isteʼmolçimisiz yoki mahsulot?

Kimdir ikkinçi, kimdir bir milliard ikkinçi...

Albatta, mediagigantda folbinlar yoki ğaybni köradigan sehrgarlar işlamaydi (tağin kim bilsin), foydalanuvçilar kompaniya tomonidan yaratilgan 200 dan ortiq raqamli dasturlar («Google Play», «Google Chrom», «Google Photos», «Google Maps» «Gmail» va h.k.) orqali kuzatiladi.

—  «Google» insonlarni onlayn taʼqib qiliş va ular töğrisidagi maʼlumotlar bazasini boyitişning boşqa innovatsion usullaridan ham «samarali» foydalanyapti, — deydi Garvard universiteti doktori, Kaliforniyadagi xulq-atvor tadqiqoti va texnologiyasi instituti psixologi Robert Epşteyn. — Masalan, bir neça yil avval mediakorporatsiya tomonidan aqlli termostatlar işlab çiqaradigan «Nest» kompaniyasi sotib olingan hamda heç qanday rasmiy bayonotlarsiz mahsulotga yaşirin mikrafon va kamera örnatilgan. Bundan taşqari, şu yilning yanvarida «Fitbit» aqlli soatlar brendiga egalik huquqi ham qölga kiritildi. Bularning hammasi kuzatuv maqsadlariga xizmat qiladi.

Şuningdek, «gugloidlar» (qidiruv tizimi xodimlari – D.N.) AQŞ milliy DNK-ombori tadqiqotlarida muntazam iştirok etişi, hattoki ular 30 dan ortiq davlatlarda köçama-köça yurib, himoyalanmagan wi-fi tizimi orqali aholining «şaxsiy tomorqasiga köz olaytirgani» ham bor gap.

Körinişidan, bu ham koreyslarning «Kalmar öyini» serialiga öxşaydi. Kimdir ikkinçi, kimdir bir milliard ikkinçi... Yaʼni, «Google» yoki unga tegişli ilovalar, mahsulotlardan foydalandingizmi, tamom, kompaniya serverlarida neçançidir raqamli navbatdagi «qurbon» paydo böladi.

Nega faqat u?

Veb-trafiklar tahlili bilan şuğullanuvçi «Statcounter.com» veb-saytida qayd etilişiça, 2021 yil oktyabrda dunyo böyiça qidiruv tizimlariga berilgan sörovlarning qariyb 92 foizi «Google» hissasiga töğri keladi. Taqqoslaş uçun, bu borada keyingi örinlarni 2,7 foiz bilan «Bing» hamda 0,96  foiz bilan «Yandex» egallab turibdi.

Uşbu texnogigantning uzoq yillardan beri qidiruv tizimlari orasidagi monopol mavqeni saqlab turişi bejiz emas. Buning zamirida doimiy ravişda algoritmni takomillaştirib boriş hamda  ...raqobatçilarni sindiriş, ularga yöl bermaslik va boşqa virtual nayranglar yotibdi.

Masalan, normal holatda «Google» kiritilgan sörovlarni saqlaş uçun foydalanuvçidan ruxsat olişi yoki ular yozib olinayotgani töğrisida isteʼmolçini ogohlantirişi kerak. Biron joyga sim qoqqanda «Aloqa sifatini yaxşilaş maqsadida sizning qönğiroğingiz yozib olinadi» degan ovozni eşitgansiz-ku, xuddi şunday. Ammo, «döstimiz» heç qaçon bunday qilmaydi. Çunki, «Reklama yoki boşqa maqsadlarda foydalaniş uçun siz kiritayotgan sörovlar yozib boriladi» desa köpçilik öylabroq qadam bosişi, «e şoşma, bu dunyoda gugldan boşqa qidiruv tizimi qurib qoptimi», qabilida xuşyor tortişi mumkin-da...

Şu örinda, ötmişdan ham misol keltirsak. 2005 yilda angliyalik er-xotin Adam va Şivon Raff internet tarmoğidan mahsulotlarni foydalanuvçi uçun qulay va arzon narxlarda topib beruvçi «Foundem» portalga asos soladi. 2009 yilda, veb-sayt yaxşigina işlab turgan bir paytda, tösatdan «Google» bazasidan nom-nişonsiz ğoyib böladi. Çunki, öşa yili «Google» ham ayni funktsiyani işga tuşirgan edi. Xuddi şunday «taktika» keyinçalik «Expedia», «TripAdvisor», «Yandex», «Yelp» kabi boşqa raqobatçilarga ham qöllanilgan. 

«Don’t be Evil» endi — tarix...

Işoniş qiyin va qörqinçli: axborot ustidan total nazorat hamda infosayyoraning tayanç nuqtasiga egalik  «Google» ga insonlar ongi, fikri, tanloviga taʼsir körsatiş imkonini ham taqdim etayotir.

Boşqaça aytganda, nima yeb nima içiş, qanday kiyinib qayerda dam oliş, kimga ovoz berib kimni saylaşni özim hal qilayapman deb öylaysiz, aslida esa sunʼiy intellekt, yaʼni algoritm tomonidan miyaga maxsus uzatilgan, töğriroği tiqiştirilgan buyruqlarni bajarayotgan bölişingiz ham mumkin.

Deylik, 2018 yilda «The Wall Street Journal» jurnalida korporatsiya xodimlarining ommaga sizgan özaro yozişmalaridagi ayrim gap-sözlar çop etiladi. Unda gugloidlardan biri şeriklariga amerikaliklarda Trampning antimigratsion farmoniga nisbatan salbiy munosabat şakllantiriş uçun «muvaqqat tajriba», yaʼni har bir foydalanuvçiga uning qaraşidan kelib çiqib (!) qidiruv natijalarini körsatiş usulini qöllaşni taklif qilgan.

Sodda tilda aytgada, texnogigant özining (yoki boşqa institutning) manfaatini közlab, real vaqt rejimida bir xil kalit söz kiritgan ikkita odamga mutlaqo boşqa-boşqa natijalar taqdim etişi ham mumkin ekan.

— Tadqiqotlarimiz bu usul foydalanuvçilar fikrini özgartirişi, hatto saylovlar taqdirini ham qilişi mumkinligini körsatmoqda, — deydi Robert Epşteyn. —  Dastlabki eksperimentlardan maʼlum böldiki, agarda qidiruv tizimi natijalari qaysidir nomzod foydasiga moslab tartiblansa, bu holat tanlovda hali aniq bir qarorga kelmagan (tuşunyapsizmi, «Google» hatto qaysidir masalada ikkilanayotganingizgaça biladi — D.N) 48 foizdan 63 foizgaça bölgan saylovçilarning oxirgi sözini belgilab beradi. Men sönggi lahzalarda ham «buning iloji yöq» deb işongan edim. Lekin...

Darvoqe kiçik sarlavha haqida. Bir paytlar kompaniyaning jamoa kodeksida yozilgan norasmiy şiori «Don’t be Evil», yaʼni «Zulm tarafida bölma» edi. Ammo 2015 yilda, «Google» barça raqobatçilarni yançib, qidiruv tizimlari qiroliga aylangaç, heç kimga bildirmasdan qadriyatlarini özgartirdi, şiorini ham. Hozir xodimlar uçun möljallangan korporativ kodeks:  «Do the Right Thing» — «Töğrisini bajar» iborasi bilan boşlanadi. Yaʼni, endi zulm tarafida ham böliş mumkin, agar texnogigant rahbarlari buni töğri deb topsa...

Yagona çora — öyin qoidalaridan xabardor böliş

— Bir narsa aniq, «ezgulik korporatsiyasi» allaqaçon Oruell tasvirlagan «Katta oğa»ga aylanib bölgan, — deb yozadi Garvard universiteti doktori. — Odamlar sunʼiy intellekt taqdim etayotgan natijalarga kör-körona işonib, algoritmlar ortida öz qaraşlari va ambitsiyalariga ega tirik jonlar turganini unutib qöyayotir. «Google» ularning qölida dunyoga hukmronlik qilişning taʼsirçan vositasiga aylanmoqda...

Biz uçun haqiqat şuki, hozirgi kunimizni guglsiz tasavvur qilib bölmaydi. Gap faqat boşqa tanlov yöqligida emas. Balki  «Google» izlagan maʼlumotingizni topib beradigan oddiy sayt yoki qidiruv tizimidan — insonlarning hayotni yengillaştiriş borasidagi tabiiy instinktlariga mos harakat qilayotgan köpfunktsiyali aqlli robot maqomiga kötarilganida. Közadan jin çiqib, tila tilagingni, deb tursa kimga ham yoqmaydi...

Şu jihatdan «bu ğirt şpion ekan-ku» deb undan voz keçolmaymiz. Bu xuddi gazsiz, çiroqsiz yoki çölni örtasida suvsiz qolişdek gap. Yuqorida texnogigantni «Kalmar öyini» serialida odamlar töğrisida maʼlumot yiğib, keyin ularni öynatadiganlarga qiyoslagan edik. Hozir bizdan talab etiladigan yagona va eng töğri çora — öyin qoidalaridan xabardor böliş.

Yaʼni, bolalarga maktab davridan boşlab mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlaş, axborot manipulyatsiyasi, internetda şaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi töğrisida tuşunçalar berilişi, ularda zamonaviy infomuhitga töğri yondaşuvni şakllantiriş kerak. Bugun bu har qaçongidan ham dolzarb!

×