Joriy yilning 18 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida Nexia-3 avtomobili 7 yoşli qizçani urib yubordi. Buning oqibatida qizça voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea taxminan soat 15:00 da Oltinsoy tumani hududidan ötgan 4E100 avtomobil yölining 155 kilometrida sodir bölgan. Oltinson-Denov yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan Nexia-3 yölni kesib ötayotgan 2014 yilda tuğilgan, voyaga yetmagan qizni urib yuborgan.
Buning oqibatida, qizça voqea joyida vafot etgan. Halokat sodir bölgan vaqtda qizçaning yonida uning onasi ham bölgan. Avtomobil esa aholi yaşaş punkti uçun yuqori bölgan tezlikda harakatlanib kelayotgan edi. Qizçaning bevaqt ölimiga onasining eʼtiborsizligi va avtomobilning yuqori tezligi sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Matiz 13 yoşli qizni urib yuborgan, piyoda halok bölgan. 18 sentyabr kuni Qarşi şahrida Lacetti rusumli avtomobil yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. Yölovçi şifoxonada vafot etgan. 13 sentyabr kuni Namanganda “Jiguli” 3-sinf öquvçisini urib yuborgan. U ham şifoxonada vafot etgan.









