Insonlar miyasida çiplarni sinab körişni tez orada boşlaymiz— Ilon Mask

Insonlar miyasida çiplarni sinab körişni tez orada boşlaymiz— Ilon Mask

Amerikalik biznesmen, Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask yana özining Neuralink kompaniyasi miyaga örnatiladigan çiplar implantatsiyasini odamlarda sinovdan ötkaziş rejasini eʼlon qildi. Bu haqda u Wall Street Journal ötkazgan tadbirda maʼlum qilgan.

Mask avvalroq «çiplarni insonlar miyasida sinab köriş işlari tez orada boşlanişini» aytgan edi.

Uning aytişiça, çöçqa va maymun kabi hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan ötgan miya implanti 2022 yilda haqiqiy insoniy sinovlarga tayyor böladi.

«Neuralink maymunlarda yaxşi işladi. Aslida biz juda köp sinovlarni ötkazmoqdamiz. Biz u juda xavfsiz va işonçli ekanligini tasdiqlaymiz, qurilmani xavfsiz olib taşlaş ham mumkin», — degan Mask.

Kompaniya miyaga örnatilgan çiplar orqa miyaning oğir jarohati bölgan odamlarga yordam berişiga umid qilmoqda.

7 dekabr kuni eʼlon qilingan tvitida Ilon Mask Neuralink oxir-oqibat «notöğri» yoki «yöqolgan» miya neyronlarini qurilma yordamida tuzatişga umid qilişini qöşimça qilgan. Uning taʼkidlaşiça, köplab jismoniy kasalliklar «mavjud neyronlar orasidagi signallarni oddiygina ulaş orqali tuzatilişi mumkin».

«Kelgusi yilda qurilmalarni odamlarda işlatganimizda taraqqiyot tezlaşadi», —deya qöşimça qilgan u.

Avvalroq Ilon Mask öz universitetini oçmoqçi ekanligini maʼlum qilgan edi. 

Mask hatto universitetga nom ham topib qöygan, uning rejasiga köra taʼlim muassasasi «Texas fan va texnologiyalar instituti» deb nomlanadi.

×