Tramp Oq uydagi faoliyati haqida kitob yozadi

Tramp Oq uydagi faoliyati haqida kitob yozadi

AQŞning sobiq Prezidenti  Donald Tramp davlat rahbari sifatidagi tört yöllik faoliyati haqida memuar yozmoqda. Bu haqda u  “Newsmax TV” kanaliga bergan intervyusida aytib ötgan. 

“Ha, men ularni (xotiralarimni) yozyapman. Körasiz bu juda kuçli narsa böladi”, deydi u jurnalistning savollariga javob berar ekan. 

Şuningdek, Tramp özining bölajak kitobi naşriyotlarda katta qiziqiş öyğotganini qöşimça qilib ötgan. Biroq, AQŞning 45-Prezidenti kitobini naşr etiş muddatini hamda unda yoritilişi mumkin bölgan mavzu haqida fikr bildirmagan.  

Maʼlumot örnida, Tramp 2017 yildan 2021 yilgaça AQŞ Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U hayoti davomida öndan ortiq kitoblarni çop etgan. Ulardan eng maşhuri jurnalist Toni Şvarts bilan hammualliflikdagi "The Art of the Deal" kitobi. Naşr qilinganidan keyin u 1 million nusxadan köproq sotilgan va “The New York Times bestseller”lari röyxatida uç oydan köproq vaqt davomida turgan.

×