Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, baʼzilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Qaror loyihasiga asosan Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, baʼzi qarorlarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş nazarda tutilmoqda.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi 943-son qaroriga onlayn-NKM yoki virtual kassaga texnik xizmat körsatuvçi korxonalar tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining talablari böyiça faqat körsatilgan xizmatlar uçun tölov undirilişi lozimligi, virtual kassani davlat reyestriga kiritiş uçun Davlat soliq qömitasining maxsus hisob raqamiga pul mablaği ötkazilmasligi, onlayn-NKM yoki virtual kassani davlat reyestriga kiritiş maqsadida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan ekspertiza xulosasi ariza kelib tuşgan kundan boşlab 15 iş kunidan keçiktirmasdan taqdim etilişi töğrisidagi meʼyorlar belgilanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan Soliq tekşiruvlarini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomning kameral va sayyor soliq tekşiruvlarini ötkaziş tartibini takomillaştiriş nazarda tutilgan.
Şuningdek, qaror loyihasiga asosan:
- yuridik şaxsni qöşib yuboriş, qöşib oliş, böliş bilan boğliq qayta röyxatdan ötkazişda BHMning 50 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bölganda yoki tovar aylanma yoxud tovarlar importi hajmi hisobotlarda töliq aks ettirilmaganligi uni qayta röyxatdan ötkazişni rad etiş uçun asos bölişini belgilab qöyiş;
- soliq organlarining falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega xodimlariga har oyda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 3,3 baravari, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega xodimlariga esa 6,6 baravari miqdorida ustama haq tölaş yuzasidan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Bundan taşqari, loyihada Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va çakana savdo qilişni tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 1999 yil 19 martdagi 125-son va “Buxoro va Farğona şaharlarida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining soliq kollejlarini taşkil etiş töğrisida”gi 2000 yil 4 maydagi 178-sonli qarorlarini bekor qiliş nazarda tutilgan.









