Tezkor: Ilk bor Özbekiston fuqarosida “omicron” virusi aniqlandi

Tezkor: Ilk bor Özbekiston fuqarosida “omicron” virusi aniqlandi

Janubiy Afrika davlatlarida paydo bölib, dunyo böylab “sayohatini boşlagan” koronavirusning yangi “omicron” ştammi Janubiy Afrikada ham aniqlandi. Bu haqda “The Korea times” Koreyaning kasalliklarni nazorat va profilaktika qiliş agentligiga tayanib xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 24 noyabr kuni Nigeriyadan qaytgan juftlikda “omicron” aniqlangan. Oradan bir neça kun ötib, ularni aeroportdan uyiga olib borib qöygan Özbekiston fuqarosi bölgan tanişida ham virus tasdiqlangan.

Xabarga köra, Nigeriyadan qaytgan er-xotin şifokorlarni aeroportdan maxsus taksida qaytdik deb aldagan. Natijada ular bilan yaqin aloqada bölgan özbekistonlikni aniqlay olmagan va u karantinga olinmagan.

Keyin juftlikning farzandi va ular bilan aloqada bölgan boşqalarda ham “omicron” aniqlangan.

Mutaxassislar Nigeriyadan qaytgan er-xotin, Özbekiston fuqarosi va ularning oila aʼzolari jami 270 kişi bilan aloqada bölgan deb taxmin qilmoqda. Xususan, özbekistonlik erkakning turmuş örtoği va qaynonasida ham virus aniqlangan.

Bundan taşqari, koronavirus aniqlangan özbekistonlik virus tasdiqlanişidan bir kun oldin Inçxondagi diniy muassasaga borgani aniqlangan. U yerda 400 dan ortiq çet elliklar bölgan.

Şu bilan Kyongido ham Nigeriyadan qaytgan ikki ayolda koronavirusning “omicron” ştammi qayd etilgan.

×