Hindistonda xavfli “Nipah” virusining tarqalişi aniqlandi, deya xabar berdi, “NDTV” mahalliy hokimiyat manbalariga tayanib “IZVESTIYA” naşri.
Unga köra, kasallanganlar Hindiston janubidagi Kerala ştatida qayd etilgan. Maʼlum qilinişiça, 12 yoşli bola infektsiya natijasida vafot etgan, yana ikki odamda kasallik belgilari kuzatilmoqda.
Mamlakat hukumati tibbiyot xodimlariga yordam beriş uçun zudlik bilan kasallikni nazorat qiliş milliy markazining mutaxassislar guruhini ştatga yubordi. Mutaxassislarning fikriça, bemorlarning barça aloqalarini örganiş va ular bilan muloqotda bölganlarning hammasini karantinga yuboriş kerak.
Iyun oyida Hind matbuoti olimlarga tayanib, “Nipah” virusi birinçi marta Maharaştra ştatida körşapalaklarda aniqlangani haqida xabar tarqatgan. Olimlarning fikriça, virus odatda uçuvçi körşapalaklarda aniqlanadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) virusni öta xavfli deb hisobladi. Qayd etilişiça, virusga davo ham vaktsina ham yöq, ölim darajasi 65 dan 100 foizgaça bölişi mumkin.
Xuddi şu oyda MIPT genom muhandislik laboratoriyasi direktori Pavel Volçkov Rossiyada heç qaçon xavfli “Nipah” virusi uçramaganini aytdi. Biroq, kelajakda uning Rossiya Federatsiyasiga importi bölmasligini taʼminlaş ilojsiz. Infektsiyani import qilib olib kelinişining oson yöli kasal odamning boşqa mamlakatga qiladigan sayohatidir.
2021 yil yanvar oyida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti “Nipah” virusi yoki “NiV” virusi keltirib çiqarişi mumkin bölgan pandemiya ehtimolini istisno qilmaganligi maʼlum qilindi.
Maʼlumot örnida, uşbu virus birinçi marta 1999 yilda Malayziyada “Nipah” daryosida yaşovçi dehqonlar orasida aniqlangan, kasallikka öşa hudud nomi berilgan. Şundan beri Janubiy Osiyoda yana 12 ta şu turdagi yuqumli kasallik qayd etilgan.









