1 dekabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

1 dekabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

Davlat taşkilotlarida korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini baholovçi reyting joriy etiladi

Prezident qaroriga asosan har yil yakuni böyiça barça davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini baholovçi reytingni eʼlon qiliş amaliyoti joriy etiladi.

Şuningdek, quriliş sohasida şaffoflik va qonuniylikni taʼminlaş, korruptsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida xarid komissiyasining maʼlumotlar haqqoniyligini tekşiriş va iştirokçini xarid qiliş tartib-taomillarida iştirok etişdan çetlatiş vakolatlari bekor qilinadi.

Çet elda yaşovçi Özbekiston fuqarolari va xorijiy şaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoni yaratiladi

Prezident farmoniga köra:

  • çet elda doimiy yaşovçi Özbekiston fuqarolari, şuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik şaxslar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan beriş orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoni yaratiladi;
  • Özbekiston Respublikasida doimiy yaşamaydigan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqamini soddalaştirilgan tartibda tuman (şahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boşqa ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini beriş uçun qonunçilik hujjatlaridagi milliy valyutadagi tölovlar BHMning 10 foizigaça miqdorda belgilanadi.

Köçma savdo obʼektlari elektron tarzda röyxatdan ötkaziladi

Prezident qaroriga binoan köçma savdo faoliyati tadbirkorlik subʼektlari tomonidan köçma savdo obʼektlarini elektron tarzda «K — SAVDO» avtomatlaştirilgan axborot tizimida röyxatdan ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi. Bunda, tadbirkorlik subʼektlaridan röyxatdan ötkaziş uçun yiğim undirilmaydi.

Yetkazib berilgan mahsulot uçun tölovlarni uçinçi şaxslar hisobidan qabul qilişga qöyilgan taqiq bekor qilinadi

Prezident farmoniga asosan, 2021 yil 1 dekabrdan:

  • yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan işlar, körsatilgan xizmatlar) uçun tölovlarni uçinçi şaxslar hisobidan qabul qiliş böyiça tijorat banklariga qöyilgan taqiq;
  • davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan xöjalik yurituvçi subʼektlarning mahsulotlarni yetkazib beriş (işlarni bajariş, xizmatlarni körsatiş) töğrisida tuziladigan şartnomalarida majburiy ravişda oldindan tölovni belgilaşga doir talab;
  • qişloq xöjaligi va çorvaçilik mahsulotlari yetiştiruvçilari va tayyorlov taşkilotlari örtasida tuziladigan şartnomalarda majburiy ravişda avansni belgilaşga doir talab bekor qilinadi.

Veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosiş va ularni röyxatga oliş amaliyoti bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasi orqali avtomobil ötkaziş punktlarida:

  • veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegişli hujjatlarni tekşiriş va rasmiylaştiriş vazifalari «Yagona darça» bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalaşgan axborot tizimlari orqali amalga oşiriladi;
  • veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosiş va ularni röyxatga oliş amaliyoti bekor qilinadi;
  • tölanadigan barça yiğimlarni transport vositalari çegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan tölaş amaliyoti joriy etiladi.
×