1 oktyabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

1 oktyabrdan qonunçilikda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

Alohida soliq va bojxona imtiyozlari bekor bölmoqda

2020 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradigan «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qiliş töğrisida»gi 6011-sonli prezident farmoniga köra, Özbekiston Respublikasi norezidentlari bölgan yuridik şaxslardan sotib olinadigan işlar (xizmatlar) uçun QQS böyiça berilgan imtiyozlar, Özbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oşirayotgan yuridik şaxslar — norezidentlar tomonidan amalga oşiriladigan işlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.

Şuningdek, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda taşkil etilgan korxonalarga qaysi soliqlar böyiça imtiyozlar qöllanişi Soliq kodeksi bilan belgilanmoqda.

Kiçik tadbirkorlik subʼektlariga soliqlarni foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi berilgan muddat tugaydi

Öz faoliyatini töxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tuşumi joriy yilning birinçi çoragidagi örtaça oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan köproqqa kamaygan mikrofirma, kiçik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda soliqlarni foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi taqdim etilgan muddat tugamoqda.

Asos: «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasini BHMning 50 foiziga qadar kamaytiriş töxtatiladi

Şuningdek:

  • taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi subʼektlarga jarimalar qöllaş davom ettiriladi;
  • soliq organlari vaqtinça qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan xöjalik yurituvçi subʼektlarga mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq böyiça penyalar hisoblaşni davom ettiradi, şuningdek, soliq qarzini majburiy undiriş çoralarini körişni boşlaydi.

Asos: «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş, kelişiş, qabul qiliş, huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkaziş töliq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va kelişişning yagona elektron tizimi orqali amalga oşiriladi

Prezident farmoniga asosan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş, kelişiş, qabul qiliş, huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkaziş 2020 yil 1 iyuldan boşlab sinov tariqasida, 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab esa töliq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va kelişişning yagona elektron tizimi orqali amalga oşiriladi.

Asos: «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni.

Respublika byudjeti mablağlari hisobidan darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr etişda narxlarni davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilinadi

«Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qaroriga köra, respublika byudjeti mablağlari va Respublika maqsadli kitob jamğarmasi mablağlari hisobidan taʼlim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr etişda (qayta naşr etişda) narxlarni davlat tomonidan tartibga soliş (rentabellikning çeklangan darajasini belgilaş) bekor qilinadi.

Fondlarga beğaraz beriladigan pul mablağlari va tovarlar (xizmatlar) foyda soliğini hisoblaşda çegirilmaydi

Özbekiston Respublikasi prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutuvçi tartib bekor bölmoqda:

a) Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondiga, «Saxovat va kömak» fondiga, «Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondiga, ularning bölinmalariga, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan şakllantiriladigan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölgan jismoniy şaxslar röyxatiga kiritilgan jismoniy şaxslarga beğaraz beriladigan:

  • pul mablağlari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda soliğini hisoblaşda çegiriladigan xarajatlar sifatida qaraş;
  • tovarlarni (xizmatlar) qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş va aylanmadan olinadigan soliq böyiça soliq soliş obʼektiga kiritmaslik.

b) Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondidan, «Saxovat va qömak» fondidan, «Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondidan, yuridik va jismoniy şaxslardan olinadigan beğaraz yordam (pul mablağlari, tovarlar va xizmatlar)ga, agar yordam oluvçi şaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan şakllantiriladigan ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölgan jismoniy şaxslar röyxatiga kiritilgan bölsa, jismoniy şaxslarning daromadi sifatida qaramaslik.

Çet eldan xorijiy valyutadagi tuşum tuşişi keçiktirilişiga yöl qöygan eksport (import) qiluvçilarga moliyaviy jarimalar qöllaş töğrisidagi arizalarni sudlar tomonidan körib çiqiş amaliyoti tiklanadi

Şuningdek, karantin joriy etilgan paytdan boşlab va 2020 yil 1 oktyabrgaça bölgan davrda koronavirus infektsiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun kiritilgan çeklov çoralari tufayli moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan qarzdor — yuridik şaxsning bankrotligi töğrisida iş qözğatiş haqida arizalar kelib tuşganda bunday arizalarni IPK 154-moddasi birinçi qismining 1-bandiga mos holda qabul qiliş rad etilişi, agar ariza iş yuritişga qabul qilingan bölsa, iş böyiça iş yuritiş IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilişi lozimligi haqidagi qoida ham kuçini yöqotmoqda.

Asos: «Sudlar tomonidan Özbekiston Respublikasi hududida koronavirus infektsiyasi (COVID-19) tarqalişining oldini olişga qaratilgan çoralar joriy etilişi munosabati bilan qonun hujjatlarini qöllaşning ayrim masalalari töğrisida»gi Oliy sud Plenumi qarori.

Neft-gaz tarmoğidagi barça korxonalarda korruptsiyaga qarşi «komplayens-nazorat» tizimi joriy etiladi

«Neft-gaz tarmoğining moliyaviy barqarorligini oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarorida Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar neft-gaz tarmoğidagi barça korxonalarda korruptsiyaga qarşi «komplayens-nazorat» tizimi joriy etilişini taʼminlaş vazifasi yuklatilgan.

Yer uçastkalariga bölgan huquqlarning vujudga kelişi, özgarişi, boşqa şaxsga ötişiga oid yangiça tartib kuçga kiradi

Prezident farmoniga köra, yer uçastkalariga bölgan huquqlarning vujudga kelişi, özgarişi, boşqa şaxsga ötişi, çeklanişi va bekor bölişini nazarda tutuvçi qarorlar, auktsion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boşqa hujjatlar Özbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida davlat röyxatidan ötkazilganidan keyin kuçga kiradi.

Asos: «Yer hisobi va davlat kadastlarini yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni.

Manba: Kun.uz

×