Roskomnadzor Google, Apple, Telegram, TikTok, Meta va boşqa IT-kompaniyalariga Rossiyada ofislarini oçişni buyurdi. Aks holda ular bloklab qöyilişi mumkin.
Röyxatga jami 13 ta kompaniya kiritilgan: yuqoridagilardan taşqari, Twitter, Zoom, Discord, Twitch, Viber, Spotify, Likee va Pinterest ham bor.
2022 yil 1 yanvarga qadar ular Rossiyada öz vakolatxonasini oçişlari, RKN sörovlariga javob berişlari va öz saytida fikr-mulohaza şaklini joylaştirişlari kerak.
Rad qilganlar qidiruv natijalaridan çiqarib taşlanişi, reklama qiliş hamda Rossiya jismoniy va yuridik şaxslaridan tölovlarni qabul qiliş taqiqlanişi, şuningdek, qisman yoki töliq bloklab qöyilişi mumkin.









