Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanidagi Sarxumdon mahallasiga bordi.

Davlat rahbarining matbuot xizmatiga köra, yaqinda bu yerda yangi Mahalla guzari qurilgan. Savdo va maişiy xizmat şoxobçalari, bolalar öyingohi, harbiy vatanparvarlik maydonçasi taşkil etilgan.

Mahallada 6 ming 500 nafardan ortiq aholi yaşaydi. Bu yerda 45 ta köp qavatli uy, maktabgaça taʼlim muassasasi va xususiy maktab bor. Öndan ortiq kiçik biznes korxonasida mahalliy yoşlar va ayollar işlamoqda.

Mahallada «Yaşil makon» loyihasi doirasida köçatlar ekilib, möʼjaz boğ barpo etilgan. Şavkat Mirziyoyev mahalla oqsoqollari bilan birga uşbu boqqa köçatlar ötqazdi. Nuroniylar yurtimizga hamişa tinçlik, xalqimiz farovonlik tilab duo qildi.
Davlatimiz rahbari kutilmaganda Gulobod mahallasiga ham ötib, mavjud holatni közdan keçirdi, odamlar bilan suhbatlaşdi.

93 yoşli Anvarxöja ota Prezidentimizni duo qildi. Mahalladagi özgarişlarni taʼkidlab, otalar çoyxonasi qurib berişni söradi. Şavkat Mirziyoyev bu taklifni qöllab-quvvatlab, otaxonga mustahkam soğlik tiladi.

Gulobod mahallasida Şayxontohur tumani Bolalar va ösmirlar sport maktabi hamda 41-umumtaʼlim maktabi joylaşgan. Prezidentimiz mazkur maktablarni ham kirib kördi, öqituvçilar bilan gaplaşdi.

— Körayapsizlar, taʼlim bilan muallimga şaroit yaratişga harakat qilayapmiz. Bugun bu yerga kelib, özimga köp xulosa qildim. Bu maktab binosini ham yangilaymiz. Fanlar uçun, sport uçun yaxşi şaroitlar böladi. Bugun bir tarixiy kun bölib qoladi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari mahallalar aholisi bilan muloqot qildi.









