Namangan viloyatining Namangan şahrida yerosti çiqindi saqlaş majmuasi taşkil etildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Mazkur majmua Namangan şahri “Obi hayot” mahallasining 24/7 tartibida işlaş uçun qayta qurilayotgan köçasiga joylaştirilgan.
Bu yerda har biri 500 kilogramm siğimga ega 6 ta çiqindi konteynerlarini yer ostiga örnatiladi. Hozirda qurilmalarning uçtasi tayyor bölgan. Yerosti çiqindi saqlaş majmuasi 3 tonnagaça çiqindini jamlaş imkoniyatiga ega. Yirik hajmdagi qutilar tölişi bilan maxsus qurilma avtomatik tarzda signal yuboradi va çiqindilar maxsus maşinada belgilangan poligonga olib ketiladi. Qolaversa, bunday majmualarni Yangi Namangan va Davlatobod tumanlariga ham örnatiş rejalaştirilgan.
“Bu kabi çora-tadbirlardan maqsad aholidan töplanadigan maişiy çiqindilarning atrofga soçilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxuş hidlar tarqalişining oldini oliş va fuqarolarga qulay şart-şaroit yaratişdan iboratdir”, deyiladi xabarda.









