Özbekiston xavfsizlik böyiça Rossiya bilan maslahatlaşuv ötkazadi

Özbekiston xavfsizlik böyiça Rossiya bilan maslahatlaşuv ötkazadi

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev Moskva şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov bilan amaliy uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekiston va Rossiya milliy xavfsizligi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni taʼminlaşning dolzarb muammolari körib çiqildi. Koronavirus infektsiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Muzokaralar yakunida Nikolay Patruşev va Viktor Mahmudov milliy va mintaqaviy xavfsizlik masalalari böyiça Özbekiston-Rossiya maslahatlaşuvlarini ötkazişni nazarda tutuvçi 2022-2023 yillarga möljallangan ikki davlat xavfsizlik kengaşlari idoralari örtasidagi hamkorlik rejasini imzoladilar.

×