UFC Vegas turniri: Xollouey reytingdagi örnini mustahkamladi

UFC Vegas turniri: Xollouey reytingdagi örnini mustahkamladi

14 noyabr kuni Aqşning Las-Vegas şahridagi “Apex” arenada UFC Vegas 42 turniri bölib ötdi.

Musobaqaning asosiy jangida yarim yengil vazn toifasining birinçi raqamli jangçisi amerikalik Maks Xollouey (23-6) meksikalik Yair Rodrigesga (14-3) qarşi oktagonga kötarildi. Bellaşuv töliq beş raund davom etdi va Xolloueyning 48-47, 48-47, 49-46 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. U 491 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağga ega böldi.

Şuningdek, asosiy karddan örin olgan janglar quyidagiça yakunlandi:

Markos Rojerio de Lima (19-8) birinçi raundda Ben Rotvellni (39-14) nokautga uçratdi;

Felitsiya Spenser (9-3) Lea Letson (5-3) ustidan nokaut evaziga zafar quçdi;

Kalin Uilyams (13-2) Migel Bayezani (10-2) nokautga uçratdi;

Şuningdek, yengil vazn toifasida iştirok etuvçi Xoel Alvares (19-2) Tiagu Moyzesni (15-6) muddatidan avval mağlub etdi.

Maʼlumot uçun, navbatdagi turnir joriy yilning 21 noyabr kuni bölib ötadi. Oqşomning markaziy jangida ayollar örtasida yengil vazn toifasining sobiq çempion amerikalik Mişa Teyt va braziliyalik Ketlin Viyeyra özaro bahs olib boradi.

×