Sakkiz yoşli bola otasining maşinasini öğrinça haydab çiqib, tezlikni 180 ga çiqardi...

Sakkiz yoşli bola otasining maşinasini öğrinça haydab çiqib, tezlikni 180 ga çiqardi...

«RIA Novosti» yozişiça, Germaniyada sakkiz yaşar bola bir haftaning özida ikkinçi marta otasining maşinasini öğrinça haydab çiqdi va Dortmund politsiyasi xabariga köra, YTHga uçradi.

Zoyest şahrida yaşovçi bola yarim tunda avtomat korobkali «Volkswagen Golf» kalitini öğirlab çiqib, maşinani töppa-töğri Dortmunga qarab haydagan. Katta tezlikda ketayotgan, yöl belgilari va svetoforning qizil çiroğiga rioya qilmayotgan maşina boşqa haydovçilarning eʼtiborini tortmay qolmadi.

Politsiyaçilar maşinani qidiriş bilan halak bir paytda maşina juda katta tezlikda (ayrim maʼlumotlarga köra, 180 km/soat!) avtomagistralda ketayotgan bölgan. Keyin u avtobandan çiqib, töxtab turgan yuk maşinasi pritsepiga borib urilgan. Maşinaga jiddiy şikast yetdi, bola esa omon qoldi.

Xuddi şu bolakay 21 avgust kuni ham otasining maşinasini öğirlab çiqqandi. Tezlik soatiga 140 kilometrga çiqqanidan söng boşqaruvni eplay olmasligiga közi yetib, maşinani töxtagandi. Öşanda avariya ham sodir bölmagan, heç kim, heç narsa zarar körmagandi. Politsiyaçilar bolani uyiga olib kelib, oğzaki ogohlantiriş berib ketişgandi.

Onasining aytişiça, bola kartingga tez-tez borib turarkan, qolaversa, maxsus maydonda haqiqiy maşinani ham haydaşni örgangan.

Qiziq fakt: Germaniya — avtomagistrallarda maksimal tezlik çeklanmagan Yevropadagi yagona mamlakat.

×