2021 yilning boşidan buyon AI-80 markali benzinining örtaça haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uçun 5 700,2 ming sömdan 9 302,8 ming sömgaça, yaʼni 63,2 foizga ösgan. Bu haqda Respublika tovar-xomaşyo birjasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, birja savdolariga qöyilayotgan mazkur markali benzinning aksariyat qismi, yaʼni 84 foiz Buxoro neftni qayta işlaş zavodi hissasiga töğri keladi.

Körib çiqilayotgan davrda mazkur markali benzinning boşlanğiç bahosi örtaça 70 foizga ösib, mahsulotning bir tonnasi uçun 10 005,0 ming sömni taşkil qildi.
Ötkazilgan oçiq birja savdolari natijasida AI-80 markali benzinining boşlanğiç va birja narxlari örtasida tafovut örtaça 1 foizdan oşmadi. Yaʼni benzin birja savdolari davomida özining deyarli boşlanğiç bahosida sotilgan.
Şu bilan birga, narxlarning kötarilişi jahon birjalarida ham kuzatilmoqda. Xususan, Brent markali neftning jahon bozorlardagi narxi joriy yilning boşiga nisbatan örtaça 60-70 foizga ösgan.
“Öz navbatida, Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi savdo taşkilotçisi (operatori) sifatida benzin bozorida şakllanayotgan holatni muntazam ravişda örganib bormoqda. Birja tomonidan ötkazilgan tahlillar natijasi va benzin bozorida narxlarni barqarorlaştiriş böyiça takliflar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va boşqa tegişli vazirlik va idoralarga kiritib borilmoqda”, deyiladi RTXB xabarida.









