Tursunov örniga Tursunov. Navoiy viloyati hokimi özgardi

Tursunov örniga Tursunov. Navoiy viloyati hokimi özgardi

Qobul Beknazaroviç Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoni qabul qilindi.

Şuningdek, davlat rahbarining yana bir farmoni bilan Toşkent şahar Davlat soliq boşqarmasi boşliği Normat Tölqunoviç Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tayinlandi.

Normat Tursunov davlat soliq xizmatidagi faoliyatini 1994 yilda Toşkent şahar Akmal Ikromov (hozirgi Uçtepa) tumani davlat soliq inspektsiyasi inspektori vazifasida boşlagan.

U 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari, birinçi örinbosar, Navoiy viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.

U 2017 yil oktyabr oyidan boşlab Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.

Maʼlumot uçun, Qobul Tursunov 2016 yil 25 dekabrdan beri Navoiy viloyati hokimi vazifasida işlab kelayotgandi.

×