Mirziyoyev Özbekiston taraqqiyotining 7 yönalişini belgiladi

Xabaringiz bor, bugun, 6 noyabr kuni Toşkentda Özbekiston Respublikasi Prezidentining öz lavozimiga kirişişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Marosimda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev kelgusi beş yilga möljallangan ustuvor yönalişlar haqida nutq sözladi.

“Xalqimiz talablarini inobatga olgan holda, biz Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini işlab çiqdik va saylov jarayonida uni öziga xos umumxalq muhokamasidan ötkazdik. Bu muhim kontseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini taʼminlaş maqsadida, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy ğoya va boş mezon sifatida kun tartibiga qöyildi”, deydi Prezident.

Qayd etilganidek, uşbu taraqqiyot strategiyasi yetti yönalişdan iborat.

Birinçi yönaliş erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş orqali xalqparvar davlat barpo etişga qaratilgan. Buning uçun kelgusida davlat funktsiyalarining katta qismi markazdan hududlarga ötkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamçisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qöşimça manbalar bilan taʼminlanib, mahallaning alohida jamğarmasi şakllantiriladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixçam va samarali boşqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yönalişdagi vazifalarni amalga oşirayotgan idoralar optimallaştiriladi.

“Rahbar xalqqa yuk bölmasligi, aksinça, xalqning yukini yelkasiga olişi kerak”, deydi Prezident.

Ikkinçi yönaliş adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlaş, inson qadr-qimmatini taʼminlaş vazifalarini qamrab olgan. Şu maqsadda sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillaştiriladi. Tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuçaytiriladi. Korruptsiyaga barham berişga davlat va jamiyatning barça kuç va vositalari safarbar etiladi. Bunda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortiş bilan çeklanib qolmasdan, korruptsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etiş çoralari köriladi.

Uçinçi yönalişda milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş borasidagi rejalar bayon etildi. 2030 yilga borib, jon boşiga hisoblaganda, aholi daromadlari örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan davlatlar qatoriga çiqiş maqsad qilingani aytildi.

Bunga, avvalo, xususiy sektorni rağbatlantiriş va uning uluşini oşiriş hamda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş hisobidan erişiladi. Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgaça pasaytiriş çoralari köriladi.

Aholini uy-joy va toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, zamonaviy yöl va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etiş, jamoat transporti hamda hududlararo qatnovlarni yaxşilaş böyiça ham yirik loyihalar amalga oşiriladi.

Törtinçidan, sifatli taʼlim-tarbiya masalasi doimiy eʼtibor markazida bölişi taʼkidlandi. Şu maqsadda öqituvçilarning oylik maoşini izçil oşirib boriş va 2025 yilga borib, 1 ming dollar miqdoriga yetkaziş közda tutilgan. Yangi maktablar quriş, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, sohaning barça bosqiçlari örtasida uzviylikni taʼminlaşga qaratilgan Milliy taʼlim dasturi işlab çiqiladi.

Aholi salomatligini saqlaş uçun barça şaroit yaratiladi. Kelgusi beş yilda oliy toifali şifokorlar maoşini ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkaziş möljallanmoqda. Viloyat, tuman va şaharlarda ixtisoslaşgan tibbiy xizmatlar kölami kengaytiriladi. Davlat tibbiy suğurta tizimi işga tuşirilib, mablağ aniq bemorga boğlangan holda ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş muhim vazifa bölib qoladi.

Beşinçi yönalişga asosan maʼnaviy va maʼrifiy sohalar rivojlantiriladi. Şu maqsadda “Yangi Özbekiston – maʼrifatli jamiyat” kontseptsiyasi amalga oşiriladi. Madaniyat va sanʼatni yuksaltiriş, yoşlarni soğlom eʼtiqod ruhida tarbiyalaş, millatlararo hamjihatlik va özaro hurmatni mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Oltinçidan, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yeçimlarini topiş, bu boradagi barça saʼy-harakatlarni uyğunlaştiriş zarurligi taʼkidlandi. Xususan, ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiri ortib borayotgani qayd etildi. Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantiriş, Butunjahon ekologiya xartiyasini işlab çiqiş masalalariga töxtalib ötildi.

Yettinçi yönalişda mamlakatdagi tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi vazifalar öz ifodasini topgan. Qurolli Kuçlarimizning qudrati yanada oşirilişi, harbiylarning jangovar şayligi, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligi kuçaytirilişi aytildi.

Xalqaro hamkorlikda pragmatik va çuqur öylangan taşqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qöşni mamlakatlar va dunyoning barça mintaqalaridagi şeriklar bilan özaro manfaatli va köpqirrali aloqalar kengaytiriladi.

“Prezident sifatida men mamlakatimiz tinçligi, el-yurt farovonligi, Vatan taraqqiyoti yölida butun borliğimni bağişlab, xalqimga sadoqat bilan xizmat qilişni hayotimning maʼno-mazmuni deb bilaman. Men uçun bundan boşqa oliy maqsad, baxt-saodat yöq. Siz, qadrli vatandoşlarimning çin dildan qöllab-quvvatlaşingiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimizning duolari, aziz yoşlarimizning işonçi menga katta kuç-ğayrat beradi”, deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev sözining oxirida.

Şu bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi yakunlandi.

×