Rossiya Facebook'ga katta miqdorda jarima belgiladi

Rossiya Facebook'ga katta miqdorda jarima belgiladi

Moskva xalqaro sudi Meta platformasi (sobiq Facebook)ga Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan maʼlumotlarni öçirmagani uçun 1,9 mlrd rubl miqdorida jarima belgiladi. Bu haqda TASS yakuniy qarorni qabul qilgan Taganskiy tuman sudiga asoslanib xabar bermoqda. 

“Moskva şahrining Taganskiy tumani 422-sonli sud okrugi sudyasining qarori bilan Meta Platforms Rossiya Federatsiyasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 13.41-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etişda aybdor deb topildi. Unga nisbatan 1 990 984 950 rubl miqdorida maʼmuriy jarima tayinlandi", deyiladi sudning bayonotida.

Avvalroq sud xuddi şunday daʼvo bilan Google’ni 7,2 milliard rubldan ortiq jarimaga tortgan edi.

Uşbu moddaga muvofiq aylanma daromaddan olinadigan jarima miqdori sud tomonidan belgilanib, u kompaniya yillik daromadining 1/20 dan 1/10 qismigaça bölişi, takroriy qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda esa - daromadning 1/5 qismini taşkil qilişi mumkin.

Roskomndazorning qayta-qayta ogohlantirişlari ortidan RFda taqiqlangan maʼlumotlarni joylaştirgan Facebook va Google katta miqdordagi daromaddan undiriladigan jarimaga tortilgan. Qöşimça qilinişiça? Roskomndazor Twitter’ga nisbatan ham huddi şunday ayblovlar bilan jarima belgilaş masalasini körib çiqmoqda.

×