TOP-5 çempionat. Uşbu “weekend”da bizni qanday derbilar kutib turibdi?

TOP-5 çempionat. Uşbu “weekend”da bizni qanday derbilar kutib turibdi?

Odatda şanba va yakşanba kunlari “futbol kuni” sifatida yodimizda qolgan. Çunki hafta oxirida Yevropaning kuçli beşlik çempionati uçraşuvlari ötkaziladi. Uşbu “weekend”da bizni kutib turgan eng markaziy qarama-qarşiliklar anonsi bilan tanişing. 

Angliya Premer ligasi 

Angliya Premer ligasi navbatdagi tur uçraşuvlari  davom ettiriladi. Kunning eng markaziy uçraşuvi şubhasiz, Mançester şahrining ikki jamoasi “Yunayted” va “Siti” örtasida bölib ötadigan “Mançester derbisi”dir. “Old Trafford”da keçadigan uçraşuvda Sulşer jamoasi qudratli “Mançester Siti”ni qabul qiladi. 

Yangi mavsum avvalida Sanço, Ronaldu kabi yulduzlarni öz safiga qöşib olgan “qizil iblislar” APLni unçalik yaxşi ötkaza olmayapti. Ole-Gunnar şogirdlari 10-turdan söng, 17 oçko bilan 5-örindan joy olgan. Umuman olganda, “Yunayted”ning oxirgi 5 uçraşuviga nazar taşlasak, ular bor-yöği bir marta ğalaba qozongan bölib, bir marta durang öynagan va bir 3 marta raqiblariga imkoniyatni boy bergan. “MYU” ötgan turda Londonning “Tottenxem” jamoasi maydoniga safar uyuştirib, yirik 3:0 hisobidagi ğalaba bilan ortga qaytgan.

Pep Gvardiola boşçiligidagi “Man Siti”ning işlari ança yaxşi. “Şaharliklar” 10-turdan söng, 20 oçko töplab, turnir jadvalining 3 poğonasida bormoqda. Ammo, “Siti” ötgan turda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qöydi. “Etihad Stadium”da keçgan “Mançester Siti” va “Kristal Pelas” jamoalari örtasidagi uçraşuvda, maydon egalari 0:2 hisobida mağlub bölişdi. 

Mançesterning ikki jamoasi örtasidagi oxirgi 5 ta uçraşuvda, ustunlik Sulşer şogirdlari tomonida. “Qizil iblislar” Gvardiola jamoasiga qarşi söngi 5 bahsning 3 martasida ğalaba qozongan. Bir uçraşuvda durang qayd etilgan bölsa, bir marta “şaharliklar” ustun kelişgan.

11-tur doirasidagi barça uçraşuvlar

05.11.2021
“Sautgempton” – “Aston Villa” – 1:0

06.11.2021
17:30| “Mançester Yunayted” – “Mançester Siti”
20:00| “Brentford” – “Norviç”
20:00| “Çelsi” – “Byornli”       
20:00| “Kristal Pelas” – “Vulverxempton”
22:30| “Brayton” – “Nyukasl” 

07.11.2021
19:00| “Lids” – “Lester”
19:00| “Everton” – “Tottenxem”
19:00| “Arsenal” – “Uotford”
21:30| “Vest Xem” – “Liverpul”

Ispaniya La Ligasi

Uşbu haftada Angliya Premer ligasida bölgani kabi, La Ligada ham qiziqarli derbi uçraşuvi bor. Ispaniya poytaxti Madrid şahrining ikki jamoasi “Real” va “Rayo Valekano” örtasidagi jang köpçilik muxlislarda qiziqiş uyğotişi tayin. 

Joriy mavsumning öziga xosligi şundaki, unda muntazam ravişda ğalaba qozonadigan va işonçli tarzda yetakçilik qiladigan birorta jamoa yöq. Peşqadamlar orasida deyarli har bir turda özgartirişlar bölib turadi. Bu esa La Liganing çempionlik poygasining öta qizğin tarzda keçişini taʼminlaydi. Oxirgi beş uçraşuvda bor-yöği ikkita ğalaba qozongan, ikki marta durang öynagan va bir marta mağlub bölgan “Real” ham bundan mustasno emas.

“Rayo Valekano” – tez-tez oçko yöqotib turadigan jamoa. Ammo “Valekano” joriy mavsumgi Ispaniya çempionatida munosib tarzda iştirok etmoqda. Madrid klubi 12-turdan söng 20 oçko jamğarib, turnir jadvalida 6-örindan joy olgan. Ikki tur avval “asalarilar” Kataloniyaning “Barselona” jamoasi ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozondi va uşbu muvaffaqiyatli yuriş “kök-anorranglilar” ustozi Ronald Kumanni işdan ketişiga sabab böldi. Umuman olganda, ötgan törtta turda “Rayo Valekano” faqatgina “Betis”ga mağlub böldi (2:3).  Şuningdek, “Selta” bilan 0:0 hisobida durang öynagan bölsa,  “Elçe”ni 2:1, “Barselona”ni esa 1:0 hisobida mağlub etdi. 

Raqamlar

“Real Madrid” oldingi beşta turning faqatgina ikkitasida ğalaba qozongan;
Ikki jamoa örtasida keçadigan sönggi 15 ta “Madrid derbisi”ning 14 tasida “Real” ğalaba qozongan.

13-tur doirasidagi barça uçraşuvlar

05.11.2021 
“Atletik – Kadis – 0:1 

06.11.2021 
01:00| “Espanol” – “Granada”
20:15| “Selta – “Barselona”
22:30| “Alaves – “Levante”
01:00| “Real Madrid” – “Rayo Valekano”

07.11.2021 
18:00| “Vilyarreal – “Xetafe”
20:15| “Valensiya” – “Atletiko”
22:30| “Osasuna” – “Real Sosedad”
22:30| “Malorka” – “Elçe”
01:00| “Betis – “Sevilya”

Italiya A Seriyasi

A Seriyaning 12-turida köplab markaziy uçraşuvlar bor. Xususan, “Milan” – “Inter” örtasidagi “Milan derbisi”, kundan-kunga yetakçilar qatoridan tuşib borayotgan “Yuventus”ning “Fiorentina”ga qarşi uçraşuvi, hamda özbekistonlik legioner Eldor Şomurodov töp suradigan “Roma”ning safardagi “Venetsiya”ga qarşi bellaşuvi. Albatta, mazkur qarama-qarşiliklar orasida “Milan derbisi”ning obrösi katta. Sababi, bu ikki jamoa örtasidagi uçraşuvlar doimo murosasizligi va kuraşlarga boy tarzda ötişi bilan ajralib turadi. 

“Rossonerilar” 11 turdan söng 31 oçko töplagan holda 2-poğonadan joy olgan. “Neradzurrilar” esa 11 uçraşuvda 7 ğalaba, 3 durang va 1 mağlubiyat qayd etib, 24 oçko töplagan va mos ravişda jadvalda 3-örinni egallagan.

12-tur doirasidagi barça uçraşuvlar

05.11.2021
Empoli – Jenoa – 2:2

06.11.2021 
19:00| “Spetsiya” – “Torino”                
22:00| “Yuventus” – “Fiorentina”
00:45| “Kalyari” – “Atalanta”

07.11.2021 
16:30| “Venetsiya” – “Roma”
19:00| “Udineze” – “Sassuolo”
19:00| “Sampdoriya” – “Bolonya”
22:00| “Napoli” – “Verona”
22:00| “Latsio” – “Salernitana”
00:45| “Milan” – “Inter”

Germaniya Bundesligasi

Har yilgidek, uşbu mavsum Germaniya Bundesligasida bir jamoaning çempionlik uçun yakka peşqadamligi kuzatilmayapti. Avvallari, “Bavariya” jamoasi turnir jadvalida qolganlarni katta farq bilan ortda qoldilardi. Ammo, “nemis maşinasi” Bundesliganing 2021/22 yilgi mavsumida unçalik yaxşi ötkazmayapti. Nagelsmann şogirdlari 11 turdan söng, 25 oçko bilan yetakçilik qilmoqda. Biroq, “Bavariya”dan bir oçko kam töplagan “Borussiya D” Myunxen klubini taʼqib etişda davom etmoqda. 

Uşbu turdagi uçraşuvlar orasida ham eng markaziy uçraşuv aynan “Bavariya”ning “Ayntraxt”ga qarşi uçraşuvidir. Sababi, frankfutliklar Bundesliga turnir jadvalda 22 oçko bilan 3-örindan joy olgan. Mazkur uçraşuv Toşkent vaqti bilan keçki 19:30 da Myunxendagi “Alyants Arena” stadionida boşlanadi.

12-tur doirasidagi barça uçraşuvlar.

05.11.2021Maynts – Borussiya M – 1:1         

06.11.2021
19:30| “Boxum” – “Xoffenxaym”                  
19:30| “Ştutgart” – “Arminiya”      
19:30| “Volfsburg” – “Augsburg”   
19:30| “Bavariya” – “Frayburg”
22:30| “Leyptsig” – “Borussiya D”

07.11.2021
19:30| “Gerta” – “Bayer”
21:30| “Kyoln” – “Union Berlin”               
23:30| “Groyter” – “Ayntraxt F”

Frantsiya Çempionati

Yozda argentinalik futbolçi Leo Messi Frantsiya Liga 1 musobaqasiga ötgandan söng, uşbu mamlakat çempionati mavqei ham biroz oşgandek körinmoqda. Sababi, Messi, Neymar va Mbappe kabi super darajadagi yulduzlarning öyinini tomoşa qiliş har doim qiziq tuyulgan. 12-turdan söng, musobaqa turnir jadvalida yakka peşqadamga aylanib olgan parijliklar, bugun tunda “Bordo” maydoniga safar uyuştiradi. “Stad-de-Bordo” stadionida böladigan uçraşuv Toşkent vaqti bilan tungi 01:00 da boşlanadi. Ayni paytda, Poçettino şogirdlari 12 uçraşuvdan söng, turnir jadvalida 31 oçko bilan yetaçilik qilmoqda. Ularning eng yaqin taʼqibçisi esa “Lans” hisoblanadi.”Oltin jamoasi” hisobidagi oçkolar soni 24 tani taşkil qiladi. “Bordo” esa 12 oçko bilan 16-poğonani band etib turibdi.

Şuningdek, uşbu turda yana bir qança markaziy uçraşuvlar bor. Xususan, “Renn” – “Lion”, “Lill” – “Anje” va “Marsel” – “Metts” jamoalari örtasidagi uçraşuv köpçilik muxlislarda qiziqiş uyğotişi tayin.

13-turning qolgan barça uçraşuvlari

05.11.2021
“Lans” – “Trua” – 4:0

06.11.2021
21:00| “Lill” – “Anje”
01:00| “Bordo” – “PSJ”

07.11.2021
17:00| “Marsel” – “Metts”     
19:00| “Sent-Eten” – “Klermon”
19:00| “Reyms” – “Monako”
19:00| “Nant” – “Strasbur” 
19:00| “Loryan” – “Brest”
21:00| “Nitstsa” – “Monpele”
00:45| “Renn” – “Lion”

×