Keça, 5 noyabr kuni kunning birinçi yarmida sunʼiy yöldoşdan olingan tasvirlar eʼlon qilindi. Unda çangli ğubor Özbekiston va unga yondoş hududlarni qoplab olganini köriş mumkin.
Sunʼiy yöldoşdan olingan suratlardan çang-ğubor hodisasi bilan boğliq xiralik Qozoğistonning janubiy viloyatlari, Tojikistonning qöşni Söğd, Toşkent, Sirdaryo, qisman Jizzax hamda Farğona vodiysi viloyatlari atmosferasini bulut misol qoplab olganini köriş mumkin.
Surxondaryo viloyati osmonida ham biroz xiralik mavjud ekanligi tasvirdan ayon.
Eslatib ötamiz, keça, 4 noyabr kuni Özbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toşkent şahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuçli şamol esib, qumli böronlar hosil böldi. Köriş darajasi 500-1000 metrgaça pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami kötarilib, atmosfera havosidagi çang miqdori belgilangan meʼyordan 5 barobar oşdi.
Şamol avj olgan mahalda AQŞning Toşkentdagi elçixonasiga örnatilgan havoning ifloslanişini aniqlaş moslamasi poytaxt havosini “öta nosoğlom”, deb baholadi.
“Özgidromet” kuzatuvlariga köra, sönggi 150 yil içida Özbekistonda bunday çangli ğubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgaça mamlakatda yoğingarçilik kutilmayotganini, şu sababli havodagi çang yana bir muddat saqlanib qolişi mumkinligini maʼlum qildi.









