1
...Maqola keçikyapti, tezroq qoğozga tuşiriş kerak. Avvaldan xabar berib qöyganmiz: Oliy sudda öta oğir jinoyatlar sodir etgan 11 nafar ayolning «işi» köriladi, deb... Bu yoğini tezlaştirişdan boşqa iloj yöq. Biroq uç soatga yaqin bölib ötgan oçiq sud majlislari tafsilotlarini muxtasar maqolaga siğdiriş qiyin. Ön bitta taqdir, ön bitta fojia... Ularning har biri alohida-alohida mavzuki, bu puxta tayyorgarlik va jiddiy yondaşuvni talab etadi.
Şu bois hozirça tört-beş çizgilar bilan bugungi sud jarayonlari haqida tasavvur berişga harakat qilamiz.
2
Xullas, Oliy sud binosidamiz. Mahkamaning sud majlislari ötadigan eng katta zali. Unda mahkumalarning yaqinlaridan tortib, xotin-qizlar qömitasi vakilalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ötiribdi. Xullas, zal liq töla odam. Sud majlislariga Oliy sud raisi örinbosari Xolmömin Yodgorov raislik qilmoqda. Ikki yonida sudlov hayʼati aʼzolari. Quyiroqda davlat ayblovçisi — prokuror. Uning röparasida advokat, bir qator narida esa Jazoni ijro etiş muassasasi vakili joy olgan...

Alohida qayd etiş kerakkim, sud majlislarida Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Gulnora Maʼrupova ham iştirok etdi. Çunki, barça mahkumalarni qömita kafillikka olmoqda.

3
Ön bir nafar mahkumaning nazorat tartibidagi murojaatlari körib çiqilgan sud majlislarida bitta söz köp takrorlandi: PUŞAYMONMAN! Bu kalomni aytmagan yoki eşitmagan odam yöq. Ammo mahkumalar oğzidan takror-takror çiqqan bu sözning zalvori şu bugun odamni ezib yubordi, rosti.
Avval bunçalar taʼsir etmagan edi...

4
Mahkuma T.Gulasar samarqandlik. Sakkiz farzandning onasi. Oltmiş uç yoşda. Ön yil-u tört oydan beri «ötiribdi». Jinoyat kodesining 273-moddasi 5-qismi (giyohvand moddalar savdosi) bilan ayblangan. 2006 yilda ham şu jinoyat bilan qölga tuşib, ayolligi sabab yengillik berilgandi. Uç yil ötib, yana şu jinoyatga qöl urgaç, qonunning qattiq talabidan qutulib qololmadi: 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Puşaymonligi dunyoga siğmaydiki, qamoqdaligida köp yaqinlari vafot etgan. Ularning hatto sovuq diydorini köriş nasib etmadi. Öziyam bir siqim bölib qolgan. Tavbasiga çandon tayangan bu ayolni yana bir yil-u sakkiz oy «uşlab» turişdan maʼno bormi? Bu yoqda xotin-qizlar qömitasi kafilligini olmoqda.
Ayol muddatidan avval ozodlikka çiqarildi.
5.
A.Hamrobonuning qismati ham şunday. Özi samarqandlik. Bu yil oltmiş beşga töladi. Olti nafar farzandi, 25 ta nevara, 3 ta çevarasi bor. Bir marta giyohvand moddasi savdosiga aralaşib, sudga tortilgandi. Biroq qonun bergan yengillikdan xulosa çiqarmadi. Kim bilsin, yana qölga tuşsam, yengilligina qutulaman ekan, deganmi?! 2011 yilda yana şu jinoyatga qöl urdi va... 11 yilni «olib ketdi»! Sakkiz yil-u sakkiz oydan beri «zona»da. Ayolning puşaymonligiki, qamoqqa tuşib yöqotmagan narsasining özi qolmadi! Köz xiralaşgan, beldagi çurrasi sabab gavdasini tik tutolmaydi. Oilasi qay ahvolga tuşganini aytib bölmaydi, yozib bölmaydi...
Davlat uning ötalmay qolgan ikki yilu tört oylik jazosidan muddatidan avval ozod qildi. Bu muruvvat Oliy sud vositasida amalga oşirildi.
6
A.Dilfuza ham ilgari ikki marta sudlangan. 168-modda (firibgarlik) bilan. Uçinçisida özini giyohvand moddalar savdosida sinab körişni xohlagandiki, «bir» deganda qölga tuşdi. Sodir etgan öta oğir jinoyatiga avval ikki marta sudlangani ham qöşilib, 12 yilni «olib» ketdi. Öşanda törtinçi farzandiga oğiroyoq ekan. Kenjasi (qiz) hisbxonada dunyoga keldi... Öşa qizaloq hozir ön yoşda. Maktabda aʼloga öqiydi, deydi ayol. Şu bolani diydoriga dunyoni almaşmoqqa tayyor. Puşaymonligini şu bilan izhor etdi u. Salomatligi borasida jiddiy muammolar bor: «qança umrim qolgan bilmadim, borini bolalarimga bağişlasam...»
Ön bir yil-u bir oydan beri jazo ötayotgan şu ayolga ham muddatidan ilgari ozodlik ravo körildi.

7
A.Mahliyo bugun «işi» körilgan mahkumalar orasida eng yoşi. Qirq bir yoşda. Tayinlangan jazo (12 yil) tugaşiga sakkiz oy qolibdi. Ikki nafar öğli bor. Qamalganda kiçigi olti oylik çaqaloq edi. Bugun öşa bolaning böyi onasiga yetay deb qolibdi. Ozodlikka çiqqan Mahliyoni tönğiç öğli qarşi oldi. Bolaning egnida uniqqan köylak-şim. Oyoğida eski şippak... Şuning özi oilaning qanday ahvoldaligini aytib turibdi...
«Otang kelmadimi?» deb söradim yigitdan.
«Dadamiz yetti yil avval vafot etgan»!
«Kimning qölida qoluvdinglar, bolam?»
«....»
8
Ya.Gulbahorning (56 yoş) muddatidan avval qamoqdan ozod etilişi jarayonida biroz qiziq, ammo öta oğriqli holat kuzatildi. Avvaliga tartib-taomilga amal qilingan holda raislik etuvçi, prokuror, advokat, xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari gapirdi. Mahkumaning oxirgi sözidan söng sudlov hayʼati maslahatxonada köp uşlanmay, ajrimni öqib eşittirdi: Ya.Gulbahor «... sud zalidan ozod etilsin!». Ayol göyoki karaxt: yuzidagi ifodani ilğab bölmaydi. Közlari bir nuqtada qotib qolgandek. Hatto soqçi ham qimir etmaydi, deng. Raislik etuvçi uning ozod etilganini takror aytdi. Yana özgariş yöq. Şundan söng ovozini rostmana kötarişiga majbur böldi (soqçiga): «Nega qarab turibsan? Çiqar ayolni bu yoqqa?!»
Ön ikki yil-u uç oyga «kesilib», ön yildirki «içkari»da ötkazgan ayol muddatidan avval oçiqqa çiqişiga işonmagan çoği? Uning holati möʼjiza qarşisida tang qolgan odamning ahvolini eslatdi...

9
Mahkumalarning aksariyati giyohvand moddasi savdosi bilan boğliq jinoyatlari sabab uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilganlar edi. Ular orasidan faqat bittasi — sirdaryolik B.Sabohat (56 yoş) tovlamaçilik va boşqa jinoyatlari sabab 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan ekan. Muddatning salkam yetti yilini ötab bölgan ayolga jazo tayinlaşda (ayblovlarni malakalaşda) xatoga yöl qöyilgani aniqlandi. Ayblovlar qayta malkalangan ediki, tayinlanajak jazo ötab bölgani oydinlaşdi. Demak, ayolning qamoqda qolişiga asos yöq... Közlarida duv-duv yoş bilan ozodlikka çiqqan B.Sabohat bino yölagidagi örindiqqa holsizgina ötirib qoldi... Yaqinlaridan heç kim kelmabdi! Advokati aytdi: «bitta öğli Rossiyada, ikkkinçisi kasal...».
10
Bugun ozod etilgan ön nafar ayolning oltitasi haqida qisqaça maʼlumot berdik.
Yetar?
Negaki, barçasining qismati deyarli bir xil. Faqt bir nafar ayol (14 yilga «kesilib», 9 yildan beri jazo ötamoqda) ozodlikka çiqmadi. Uning jinoyati yopiq sud majlisida körilişi taqazo etilgani bois ommmaviy axborot vositalari xodimlari zalni tark etişiga töğri keldi. Sud majlisi tugagaç, maʼlum qilindiki, ayolning ötalmay qolgan jazo muddati sezilarli qisqartirilibdi...
11
...Sud majlislari yakuniga yetdi. Biroq Oliy sud binosini köplar, hatto hozirgina sobiqqa aylangan mahkumalar, ularning yaqinlari ham tark etgani yöq hali. Hovli çetroğida Xolmömin Yodgorov bir-biriga ulab sigaret çekmoqda. Hamkasblarimiz uni suhbatga tortişga şay turibdi...
Şu payt içkaridan Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari G.Maʼrupova çiqib keldi. Uç soatlik oğir jarayon, baxtiqaro ayollarga berilgan kafolat yuki zalvoridan ezilib qolganini seziş qiyin emas. Közlari qizarib ketibdi, qon bosimi kötarilgan, çamasi...
manba xabar.uz









