Samarqandda mansabdor şaxslar va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari rahnamoligida aholiga ajratilgan gazni talon-toroj qilgan jinoiy guruh foş qilindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi maʼlum qildi.
Keça, 5 noyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarğom tumanida joylaşgan “Samarqand gaz töldiriş stantsiyasi”dan surunkali ravişda “Nurobod gaz servis” MÇJga qaraşli “DAF” rusumli 20 tn siğimli yuk avtomaşinasida aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan uglevodorodli gazni yaşirin ravişda talon-toroj qilib kelgan jinoiy uyuşma faoliyati foş etildi.
Holat böyiça Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “v” bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi tergovining birinçi kunida 6 nafar jinoiy uyuşma aʼzolariga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi. Bu raqamlar kölami kengayişi kutilmoqda.
Tezkor maʼlumotlarga köra, mazkur jinoiy uyuşmaga bir qator mansabdor şaxslar va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari rahnamolik qilib kelişgan.
Jinoyat işi tergovi şaxsan Samarqand viloyati prokurori R.Maşaripovning nazoratiga olingan. Prokuratura jinoyat tafsilotlari yoritib borilişini qöşimça qilgan.









