Özbekistonda qança işsiz borligi aytildi

Özbekistonda qança işsiz borligi aytildi

Hozirda Özbekistonda 1 million 600 ming fuqaro işsiz va ularning yarmidan köpi yoşlar. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev maʼlum qildi.

“Hozirda yurtimizda 1 million 600 ming aholi bandligini taʼminlaş talab etilayotgan bölsa, ularning 805 mingdan ortiği 16—30 yoşdagi işsizlardir. Şuningdek, 2021 yilda mehnat bozoriga jami 560 ming bitiruvçi kirib keladi. Natijada joriy yilda yoşlar bandligini taʼminlaş uçun ehtiyoj 1 million 365 mingdan ortiqni taşkil qiladi”, dedi Baxtiyor Sayfullayev Senat yalpi majlisida.

Sayfullayev aynan şuning uçun ham 2021 yildagi davlat dasturida yoşlarni qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor berilganini urğuladi.

Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bandligi va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça ötkazgan yiğilişida yoşlar masalasida yöl qöygan kamçiliklari uçun qator hokimlarni işdan böşatgan edi.

×