Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent avtovokzalida xavfsizlikka javobgar xodim tomonidan fuqaroga nisbatan kuç işlatilganligi töğrisidagi video lavha tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan “Özavtovokzal servis” DUK rasmiy maʼlumot berdi. Mazkur holat joriy yinning 24 oktyabr kuni sodir bölgan.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan holatni tasvirga olgan fuqaro Surxondaryo viloyati Termiz şahrida istiqomat qiluvçi M.A. avtovokzal qöriqlaş xizmati xodimi öziga nisbatan kuç işlatilişi bilan boğliq holat röy berişdan avval Toşkent avtovokzalining kutiş zaliga kirib, bu yerda öz mehnat faoliyatini olib borayotgan ayol xodimlarni uyatli sözlar bilan sökib, haqoratlab, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Öz navbatida avtovokzal qöriqlaş xizmati xodimi N.A. voqea joyiga yetib kelib, jamoat tratibini buzayotgan fuqaro M.A.ga nisbatan qonuniy çora körişni taʼminlaş maqsadida uni uşbu hududda joylaşgan militsiya tayanç punktiga olib bormoqçi bölgan vaqtida öz xizmat vakolatidan çetga çiqiş bilan boğliq harakatlarni sodir etgan.
“Özavtovokzal servis” DUK uşbu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda holat yuzasidan örganiş va suriştiruv işlarini olib borgan.
Örganiş natijalariga köra fuqaro M.A. Toşkent avtovokzali hududida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi xatti-harakatlarni spirtli içimlik taʼsiri ostida sodir etgani maʼlum böldi. Şuningdek, avtovokzal qöriqlaş xizmati xodimi N.A. öz xizmat vakolatidan çetga çiqiş bilan boğliq harakatlarni sodir etganligi aniqlangan.
Uşbu holat yuzasidan fuqaro M.A. va avtovokzal xodimi N.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183 – moddasi “mayda bezorilik” böyiça maʼmuriy iş oçilgan.
Kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligini oldini oliş maqsadida Toşkent avtovokzali maʼmuriyati barça xodimlarni qatʼiy ogoxlantirib, yölovçilarga xuşmuomala bölişlari, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etişlari yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilgan.









