Aliyev va Erdöğan armanlardan ozod qilingan Fuzulida yangi xalqaro aeroportni oçib berdi

Aliyev va Erdöğan armanlardan ozod qilingan Fuzulida yangi xalqaro aeroportni oçib berdi

Bugun, 26 oktyabr kuni Qoraboğning Fuzuli şahrida yangi aeroport işga tuşirildi. Havo bandargohini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan oçib berdi. 

Ahamiyatlisi Erdöğanning samolyoti Bakuga emas, töğridan-töğri Qoraboğga qöndi. Şu tariqa Turkiya yetakçisi Fuzul aeroportiga borgan ilk davlat rahbari böldi.

Aliyev va Erdöğan tasmani kesib, aeroportni oçib berdi. Ularga Fuzuli xalqaro aeroportining ramziy kalitlari topşirildi.

Şundan söng, Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlari aeroportdagi şaroitlar bilan tanişdi.

Maʼlumot uçun, Fuzuli xalqaro aeroportining tamal toşi 2021 yil 14 yanvarda qöyilgandi. Ilk sinov parvozi joriy yilning 22 avgust kuni amalga oşirilgan. Terminal soatiga 200 nafar yölovçiga xizmat körsata oladi.

Qoraboğ mojarosi

2020 yilning 27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi Qoraboğ uruşi qayta olovlandi. 

Rasmiy Bakuga köra, Armaniston Qurolli Kuçlari 2020 yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boşlab Ozarbayjonga qarşi keng kölamli provokatsiyalarni amalga oşirdi, butun front böylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, şuningdek, oldingi çiziq zonasida joylaşgan aholi punktlarini öqqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuçlari tomonidan boşlanganini aytdi. Ozarbayjon esa qurolli töqnaşuvga nisbatan javob hujumlari boşlaganini rasman eʼlon qilib, Armaniston çegarasidagi tinç aholi vakillarini çegara hududlaridan çetga çiqişlarini söradi.

Holat böyiça Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan çiqib, töqnaşuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Paşinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati eʼlon qiliş haqidagi farmonga imzo çekdi. Şuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik eʼlon qiliş haqidagi hujjatni imzoladi.

Noyabr oyiga kelib Ozarbayjon Qurolli Kuçlari Toğli Qoraboğdagi muhim hududlarni, jumladan strategik jihatdan ahamiyatli bölgan Şuşa şahrini öz nazorati ostiga oldi. Uşbu harbiy harakatlar 2020 yilning 9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan örtasida imzolangan qöşma bayonot bilan öz yakuniga yetdi. Sulh bitimiga köra, 10 noyabr soat 00:00 dan boşlab Qoraboğda harbiy harakatlar butunlay töxtatildi, Armaniston Toğli Qoraboğdagi 3 ta hududni Ozarbayjonga qaytariş majburiyatini oldi.

×