Keça, 24 oktyabr kuni ötkazilgan Özbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga köra, ÖzLiDep nomzodi Şavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan ğalaba qozongani haqida xabar bergan edik.
Saylovda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzodi körsatilgan Alişer Qodirov Prezident saylovidagi iştiroki natijalari böyiça brifingda Şavkat Mirziyoyevni ğalaba bilan tabrikladi.
“Bu galgi Prezident saylovida ÖzLiDepdan nomzod sifatida iştirok etgan Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni xalqimizni işonçi, 80 foizdan ortiq ovoz töplagani bilan çuqur, samimiy tabriklamoqçiman. Biz uşbu natijani töliq eʼtirof etamiz.
Fursatdan foydalanib hurmatli Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni xalqimizni, xalqaro hamjamiyatni yuksak işonçiga, eʼtirofiga erişgani bilan partiyadoşlarimiz, partiyamizning butun elektorati nomidan samimiy tabriklamoqçiman”, dedi Qodirov.
Maʼlumot uçun, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Alişer Qodirov saylovda 5,5 foiz saylovçining qölloviga erişib, umumiy hisobda uçinçi örinni egalladi. Ikkinçi örin Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisovaga nasib qildi.









