Soğliqni saqlaş vazirligi Yangi yil bayrami dasturxonida isteʼmol qilinadigan baʼzi anʼanaviy oziq-ovqat mahsulotlari salomatlikka jiddiy ziyon keltirişidan ogohlantirmoqda.
Diyetologlar xulosasiga köra, eng zararli taomlar röyxatida tuz, sirka, şakar qöşilgan marinadlar yetakçilik qiladi. Ular boşqa mahsulotlar bilan birga isteʼmol qilinganda, organizmga zararli taʼsir körsatişi mumkin.
Ikkinçi örinda gazlangan içimliklar turadi. Ular oşqozon, oşqozon osti bezi va yurak-qon tomir tizimi uçun xavfli. Gazlangan suvni aslo yoğli ovqatlar bilan birga isteʼmol qilmang. Xuddi şunday, oç qoringa ham içiş zararli.
Uçinçi örin mayonez qöşilgan salatlarga taalluqli. Masalan, “olive”ning bir kişilik örtaça portsiyasi 170-180 milligramm xolesterinni öz içiga oladi. Qolaversa, 100 gramm miqdordagi uşbu salat tarkibida 200 kkal kaloriya mavjud. Şu bois, bunday mahsulotlar tayyorlaşda mayonez örniga smetana işlatiş maqsadga muvofiq.
Törtinçi örindan tortlar va pişiriqlar joy olgan. Odatda, ular ovqatdan söng, hazmi taom sifatida dasturxonga tortilişi xatodir. Çunki qandolat kremi yoğ va xolesterin bilan töyingan. Ular oşqozonga oğirlik qilişi barobarida, qonni quyuqlaştiriş xususiyatiga ega. Bu yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib çiqarişi mumkin.
“Şu bois, bunday tort va pişiriqlarni oz miqdorda va limonli çoy bilan isteʼmol qilgan maʼqul. Bu meʼda şirasi işlab çiqarilişini rağbatlantirib, hazm jarayonini osonlaştiradi. Eng muhimi, surunkali xastaliklardan aziyat çekuvçi bemorlar soğlom ovqatlaniş qoidalariga töliq amal qilişlari lozim”, deyiladi xabarda.









