19 yoşli sportçi töpponçadan öq yedi

19 yoşli sportçi töpponçadan öq yedi

Qarşida bir guruh yoşlar örtasida ommaviy janjal yuz berdi. Iştirokçilardan biri 19 yoşli sportçini pnevmatik töpponçadan öq uzib, yaraladi. Bu haqda «Novosti Kaşkadari» xabar bermoqda.

Janjal 3 sentyabr kuni soat 21:30 da Qarşi markazida, kurant va viloyat hokimligi binosi yaqinida yuz bergan. Muqaddam sudlangan 28 yoşli Şahriyor va uning döstlari bir guruh yigitlar bilan janjallaşib qolgan. Şahriyor ulardan biriga pnevmatik töpponça bilan öqtalib, 3 soniya içida döstlari bilan yölning narigi tomoniga ötişni buyurgan.

Şundan söng jami 11 kişidan iborat yigitlar guruhi örtasida janjal boşlangan. Ular ötkinçilar oldida kurakda turmaydigan sözlar bilan bir-birlarini «siylagan». Şu vaqtda Şahriyor qoçişga tuşib, birinçi duç kelgan taksini töxtatgan va uni urib, maşinadan tuşişga majbur qilgan. Şu payt maşinaga 19 yoşli sportçi Jonibek yugurib kelgan. Şahriyor unga bir neça marta pnevmatik töpponçadan öq uzgan. Ikki marta qorin sohasidan yaralangan Jonibek ham öz navbatida Şahriyorni urgan.

«Voqea joyiga profilaktika inspektori kelib qolmaganida bu mojaro qanday yakun topgan bölardi, nomaʼlum. Maʼlum bölişiça, janjal iştirokçilarining aksariyati Qaşqadaryo oliygohlarida öqiyotgan talabalar, ayrimlari öqişga endi kirgan yigitlar bölgan. Ularning deyarli barçasi sport bilan şuğullanadi, oralarida Özbekiston çempioni ham bor. Nima uçun janjalda iştirok etdingiz, degan savolga ular döstini xafa qilişganida qarab turolmasligini bildirgan», — deyiladi xabarda.

Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari barça holatlarni inobatga olgan holda, 9 iştirokçiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) böyiça maʼmuriy jazo qöllaşga qaror qildi. Ularni BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorida jarima yoki 15 kunlik qamoq jazosi kutmoqda.

28 yoşli Şahriyorga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (sovuq qurolni namoyiş qilib, ularni qöllaş bilan qörqitib yoxud qöllab bezorilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, u qamoqqa olingan.

×