Tez orada köplab eski smartfonlarda Google’ning maşhur servislari işlaşdan töxtaydi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: The Sun
Maʼlumotlarga köra, 27 sentyabrdan boşlab Google foydalanuvçilarning Android 2.3 qurilmalaridagi akkauntlariga kirişini bloklaşni boşlaydi. Uşbu operatsion tizim birinçi bor 2010 yilning dekabrida taqdim etilgan.
Natijada köplab qurilmalarda Google Maps, YouTube, Gmail va kompaniyaning boşqa dasturlari oçilişdan töxtaydi. Bundan operatsion tizimni yangilaş yoki yangi telefon xarid qiliş orqali qutulib qoliş mumkin.
Quyida Google’ning ogohlantirişiga eʼtiborli böliş tavsiya etiladigan modellar röyxati keltirilgan:
- Sony Xperia Advance;
- Lenovo K800;
- Sony Xperia Go;
- Vodafone Smart II;
- Samsung Galaxy S2;
- Sony Xperia P;
- LG Spectrum;
- Sony Xperia S;
- LG Prada 3.0;
- HTC Velocity, HTC Evo 4G;
- Motorola Fire;
- Motorola XT532.
Eslatib ötamiz, bugungi kunda barça foydalanişi mumkin bölgan operatsion tizimning sönggi versiyasi Android 11 hisoblanadi. Yaqin oylarda Android 12 taqdim etilişi kerak, hozirça u beta-test jarayonlaridan ötmoqda.
Smartfonga qanday operatsion tizim örnatilganini sozlamalar orqali biliş mumkin: «Tizim» > «Qöşimça» > «Tizimni yangilaş».









