Noinsof boyvaççaning öğliga «iş» oçildimi?

Noinsof boyvaççaning öğliga «iş» oçildimi?

Jizzax viloyatining Zomin tumani «Duoba» qişloq fuqarolar yiğini Öriklisoy qişloği yaqinidagi örmon hududlarida 1 avgust kuni yirik yonğin yuz bergandi. Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, dastlabki töplangan hujjatlarga köra, Öriklisoy qişloğida joylaşgan dam oliş maskanlaridan birining atrofida yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasdan quriliş-montaj işlari olib borilayotganda yonğin kelib çiqib, arça va boşqa ösimliklar yonib nobud bölib, Zomin Milliy tabiat boğiga juda köp miqdorda zarar yetişiga sabab bölgan.

Mazkur holat yuzasidan 1 avgust kuni Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198 va 259-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

«Hozirda Boş prokuratura tomonidan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovga aralaşiş va tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi», — deyiladi maʼlumotda.

Eslatib ötamiz, 1 avgust kuni 80 gektar maydonda quruq öt va daraxtlar yonib ketgandi. Yonğin salkam sakkiz soat içida  öçirilgandi. Olovni öçirişga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 avgust kuni ötkazilgan yiğilişda Zomin toğlarida yuz bergan yonğin haqida «bir noinsof boyvaççaning öğli şu işni qilibdi. Hozir prokuratura şuğullanyapti, albatta, çora köramiz», deya taʼkidlagandi.

×