Super kontrakt narxlari şu hafta oxirida tasdiqlanadi

Super kontrakt narxlari şu hafta oxirida tasdiqlanadi

“Super kontrakt narxlari şu hafta oxirida eʼlon qilinadi. Jarayon böyiça barça hujjatlar tayyor böldi”. Bu haqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev bilan taşkil etilgan ovozli çatda maʼlum qildi.

Boşqarma boşliğining qöşimça qilişiça, öqişga kirolmagan abituriyentlar super kontrakt narxlarini biliş uçun ayni vaqtda oliy taʼlim muassasasiga borişlari şart emas. 

Çunki birinçi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar, keyin öqişni köçiriş böyiça ötiş balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan işlanadi. Öqişini köçirgan talabalar masalasi töliq yakunlangandan keyin tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt (super kontrakt) asosida öqimoqçi bölganlar özlari hujjat topşirgan oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilişlari mumkin. 

Öqişni köçirişda yetarli ball töplay olmaganlar toifasi bilan işlaş esa 15 sentyabrdan keyin boşlanadi, deya maʼlum qildi Abduvali Xoliqov. 

×