Rossiyada dollar kursi 105 rubldan oşdi. Rubl nega qadrsizlanib ketmoqda?

Rossiyada dollar kursi 105 rubldan oşdi. Rubl nega qadrsizlanib ketmoqda?

Rubl kursining pasayişi Rossiya Markaziy banki tomonidan asosiy stavkaning oşişi bilan boğliq. Bu haqda Davlat Dumasining Iqtisodiy siyosat qömitasi raisi örinbosari Mixail Delyagin Lenta.ru bilan suhbatda maʼlum qildi.

Delyaginning sözlariga köra, «bu Rossiya bankining siyosati bilan boğliq». Uning taʼkidlaşiça, sunʼiy ravişda yaratilgan pul oçligi fonida asosiy stavkaning kötarilişi nafaqat narx ösişining tezlaşişiga, balki rublning qadrsizlanişiga ham olib keladi. Deputat şunday holatlar 2014 yil va ötgan yilning ikkinçi yarmida kuzatilganini alohida taʼkidladi.

Delyagin, şuningdek, asosiy stavkaning kötarilişi iqtisodiy rivojlanişni sekinlaştirişiga eʼtibor qaratdi. Bu esa, öz navbatida, investitsiya loyihalarini rentabellikka olib keladi va tadbirkorlar ulardan voz keça boşlaydi. Uning qöşimça qilişiça, biznes tomonidan töplangan pulni qayergadir sarmoya qiliş kerak. Hozirgi şaroitda ommaviy investitsiyalarning yagona yönalişi valyuta bozori bölib, bu valyutaga bölgan talabning oşişiga va natijada rubl kursining pasayişiga olib keladi.

Öz navbatida, iqtisodçi Yevgeniy Kogan rublning zaiflaşişi sabablaridan biri neft narxining pasayişi, uning dunyoda ortiqça taklifi va Xitoydan talabning zaifligi bilan boğliqligini aytdi. U, şuningdek, AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Amerika neft kompaniyalariga imtiyozlar berişga vaʼda berganini esladi.

26 noyabr kuni Moskva birjasida dollar kursi 105 rubldan oşdi. AQŞ valyutasi 2022 yildan beri birinçi marta bu qiymatda savdo qilmoqda.

Teglar:
×