Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ÖzXDP Markaziy Kengaşi raisi örinbosari, prezidentlikka nomzodi qöyilgan Maqsuda Vorisova talabalar hayotiga oid muammoni kötarib çiqdi.
«Şu kunlarda Toşkent şahriga minglab talabalar kelmoqda, ularning aksariyati joy qidirib, öz yoğiga özi qovrulib yuribdi. Navbatdagi öquv yili boşlanayapti hamki, dardi bedavo masala aççiq içakdek çöziladigan körinadi.
Talabalarning katta qismi poytaxtga yaqin bölmagan viloyatlardan kelib öqişadi. Öqiş boşlanişiga juda oz qoldi, lekin ijtimoiy tarmoqlarda yotoqxonaga joylaşolmagan talabalarning noroziliklariga köp guvoh bölyapmiz. Ayni masalaga masʼul mutasaddilar holatni anglaşlari, muammoni keng fikr asosida tahlil qilib yeçişlari lozim edi.
Aççiq bölsa ham, oçiq aytaylik, Özbekistondagi bironta oliy taʼlim muassasasining öz talabalarini töliq siğdira oladigan turar joyi yöq. Şu sababli talabalar turli ijara uylarda yaşaşga majbur. Bu holat, ayniqsa, poytaxtda juda açinarli ahvolda: ijara puli qimmat – bir xonali kvartira 300-400 dollar atrofida. Talabaga past toifali odamdek muomala qilişadi – “studentlarga kvartira yöq”. Bu bir neça vazirlik yo idora tomonidan emas, hukumat darajasida yeçilişi lozim bölgan muammodir.
Maʼlumotlarga köra, respublikada 220 dan ortiq talabalar turar joyi mavjud, ular 58 ming nafar talabani siğdira oladi, vaholanki, har yili 149 ming nafardan ortiq talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Sönggi yillarda oliy taʼlim muassasalari soni 130 dan oşdi. Qabul kvotasi 2,6 barobarga, talabalar soni esa 2,3 barobarga köpaydi. Lekin yotoqxonalar örin soni atigi 25 foizga oşirilgan.
Oxirgi yillarda önlab xususiy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari faoliyat boşladi, ammo ularga yotoqxona infratuzilmasi böyiça talab qöyilmadi. Talabalarning qayerda yaşaşi, qanday kun körişini kim öylaşi kerak?
Katta mablağni tölaş uçun beçora student kafe, restoran va klublarda ofitsiant, bozorda sotuvçi va yana boşqa joylarda işlaşga majbur. Bu öqiş sifatiga, yoşlarning kayfiyatiga juda salbiy taʼsir körsatadi.
2021 yil 1 maydan boşlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan, ota-onasiga tegişli bölmagan uyda ijara huquqi asosida yaşaydigan davlat OTM talabalarining oylik ijara tölovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilişi belgilangan. Maʼlumotga köra, 2021 yil may-iyun oylari uçun 3 ming nafardan köproq talabaga 920,8 mln. söm mablağlar davlat byudjeti tomonidan tölab berilibdi. Ammo bu ham muammo yeçimi emas. Çunki ijara tölovining qoplab beriladigan qismi birinçi navbatda ehtiyojmand oila farzandlari uçun qöllaniladi.
Biz mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar safiga kiritişni niyat qilar ekanmiz, unutmasligimiz kerakki, şu marraga olib çiqadigan yagona kuç kadrlardir. Biz yoşlarga, talabalarga uzoq kelajakda emas, bugun va hozir şaroit yaratiş, ularning oğirini yengil qiliş haqida öylaşimiz, tezkor va aniq çoralar belgilaşimiz zarur», deb yozgan Vorisova.









