Navoiy köçasida işkal: janjalning jabrini «Matiz» kördi

Navoiy köçasida işkal: janjalning jabrini «Matiz» kördi

Keça, 1 sentyabr kuni tunda navbatçilik qismiga 24 yoşli Jahongir R. murojaat qilib, ikki nafar notaniş şaxslar kelişmovçilik davomida uning «Matiz» rusumli transport vositasiga zarar yetkazganligini maʼlum qildi, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Qayd etilişiça, voqea joyiga Şayxontohur tumani IIO FMB xodimlari yetib borişgan. Haydovçining sözlariga köra, u Navoiy köçasidan avtomobilida uç nafar yölovçi – 23 yoşli Anvar S., 25 yoşli Şahzod Y. va 22 yoşli Muhammadjon B.lar bilan harakatlanib borgan. Orqadan harakatlanib kelayotgan oq rangli «Matiz»dagi şaxslar ularni göyoki «ötkazib yuborişmagani» sababli Jahongir R.ni töxtaşga majbur qilişgan.

Natijada orada janjal çiqib, Jahongir R.ning avtomobiliga zarar yetkazilgan. Notaniş şaxslar uning avtomobilining oynalarini sindirib, eşiklardan biriga zarar yetkazgan va voqea joyini tark etgan.

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv natijalariga köra qonuniy çora köriladi.

«Hurmatli hamşaharlar va poytaxtimaz mehmonlari! Bahsli masalalarni bu tarzda hal qilib bölmaydi. Agar biror şaxs tomonidan yölda siz uçun xavfli vaziyat tuğdirildi deb hisoblasangiz, içki işlar organlariga murojaat qiling. Yuqoridagi holatdagi kabi xatti-harakatlar bilan özingiz huqubuzarga aylanib qolasiz», deyiladi IIBB xabarida.

×