“Tolibon” böysunmas Panjşerga kira olmadi

“Tolibon” böysunmas Panjşerga kira olmadi

Afğonistonning “Tolibon”ga böysunmayotgan Panjşer viloyatida vaziyat barqarorligiça qolmoqda. Toliblar hozirça viloyatga kira olmadi. Bu haqda TASS maʼlum qildi.

“Tolibon Panjşerga ilgari ham, hozir ham kira olmagan. Ularni Panjşer çegarasini kesib ötgani haqidagi barça xabarlar yolğon. Viloyatda vaziyat tinç”, degan agentlik suhbatdoşi.

Avvalroq, Afğonistonning bir neçta ommaviy axborot vositalari toliblar keçqurun vodiyning şimoli-ğarbiy kiriş qismi orqali Panjşer şahriga borişga muvaffaq bölgani haqida maʼlumot tarqatişgan.

Bundan taşqari, manbaga köra, toliblar Panjşerdagi qarşilik harakati lideri, bir paytlar “Tolibon”ga qarşi jang qilgan maşhur dala qömondoni Ahmad Şoh Masʼudning öğli (1953-2001) Ahmad Masʼud bilan tinçlik töğrisida kelişuvga erişa olmagan.

“Anas Haqqoniy (“Tolibon”ning siyosiy ofisi aʼzosi) tinçlik sulhiga erişiş uçun şu yerga keldi, biroq Ahmad Masʼud toliblar taklifini rad qildi”, degan u.

Avvalroq, "Tolibon" Panjşer viloyatiga yuzlab jangarilarini yuborgani va qamal qilgani haqida xabar berilgandi.

Panjşer — “Tolibon”ga böysunmagan yagona viloyat

Uşbu viloyat Afğonistoning şarqida joylaşgan bölib, u yerda taxminan 150 ming aholi yaşaydi. Qayd etiş kerakki, viloyatning 98 foiz aholisi etnik tojiklardan taşkil topgan. Panjşerda “Tolibon”ga qarşi kuçlar töplanayotgani ham aytilmoqda va hozirda uşbu provintsiya toliblarga qarşilik körsatiş markazi bölişi taxmin qilinyapti.

Bu yerda Afğonistonning bir qator nufuzli siyosiy figuralari jamlangan: mamlakatning 1992-1996 yillardagi Mudofaa vaziri, maşhur “dala qömondoni” Ahmad Şoh Masʼudning öğli Ahmad Masʼud, birinçi vitse-prezident Amrulloh Solih, Marşal Abdul-Raşid Döstum hamda uning öğli Yormuhammad Döstum. Panjşerda allaqaçon "Şimoliy alyans" bayroği kötarilgan.

"Tolibon" harakati Panjşer rahbarlariga taslim bölişni taklif qildi. Ammo bu taklif tezda rad etildi. 

20 yil deganda Afğonistonni tark etayotgan AQŞ

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorçilik harakati) amalga oşirildi. Şundan söng, AQŞ va u aʼzo bölgan NATO kuçlari Afğonistonga qöşin kiritdi. Şu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afğon uruşi boşlandi. Kiçik Jorj Buş, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQŞ Prezidentlari uşbu uruşni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afğonistondan mamlakat qöşinlarini olib çiqib ketiş boşlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afğonistondagi davlat töntarişi

Afğonistonni bir yirik kuç tark etişi ortidan boşqa bir kuç — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boşladi. Qayd etiş kerakki, AQŞ qöşinlarining Afğonistonni tark etişi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afğoniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi. 

×