Xitoy-özbek vaktsinasining ikkinçi va uçinçi dozalari bilan emlaş vaqtinça töxtatildi

Xitoy-özbek vaktsinasining ikkinçi va uçinçi dozalari bilan emlaş vaqtinça töxtatildi

Özbekistonliklarni bir hafta davomida xitoy-özbek vaktsinasining faqat 1-dozasi bilan emlaş haqida körsatma berilgan.

Bugun, 9 avgustdan boşlab Özbekistonda ZF-UZ-VAC-2001 vaktsinasining ikkinçi va uçinçi dozalari bilan emlaş 1 hafta muddatga töxtatilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov maʼlum qildi.

Özbek-xitoy vaktsinasi (ZF-UZ-VAC-2001)ning birinçi dozasini olgan fuqarolardan murojaatlar kelib tuşmoqda. Maʼlum bölişiça, emlaş punktlariga mazkur vaktsinaning navbatdagi dozasini oliş uçun murojaat qilgan fuqarolarga bir haftalik muddatdan söng keliş söralgan. Bu esa aholining köplab savollariga sabab bölmoqda. Çunki bungaça odamlar bu haqda ogohlantirilmagandi.

Kun.uz muxbiri aniqlik kiritiş maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov bilan boğlandi. Uning tasdiqlaşiça, 9 avgustdan boşlab özbek-xitoy vaktsinasining ikkinçi va uçinçi dozalari bilan emlaş vaqtinça töxtatilgan.

«Respublikadagi vaziyatdan kelib çiqib 9 avgustdan boşlab emlaş punktlarida ZF-UZ-VAC-2001 vaktsinasi faqat birinçi dozasi bilan emlaş uçun işlatiladi. Ikkinçi va uçinçi dozalar bilan emlaş vaqtinça – 1 haftaga töxtatib turiladi», dedi u.

Şuningdek, Bozorov Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi immunizatsiya işlari böyiça rahbari Dilorom Tursunovaning mazkur masala yuzasidan bergan topşiriği aks etgan xatni taqdim qildi.

U bunday holat yuzaga kelişi vaktsina yetişmovçiligi tufayli ekanini rad etdi.

«Sönggi vaqtda Özbekistonga koronavirusga qarşi vaktsinaning bir neçta turlari kirib keldi va emlaş işlari ança jadallaşdi.

Statistikani qaraydigan bölsak, birinçi dozada vaktsina olganlar soni bilan ikkinçi va uçinçi dozada emlanganlar orasida keskin farq mavjud. Ularning hisob-kitobini töğri yuritiş, emlash.uz platformasiga töğri kiritiş, emlanganlar orasida ham dozalarga köra saralab oliş uçun vaqt kerak böladi.

Şu sababdan 1 hafta muddatga uşbu vaktsinaning faqat birinçi dozasida emlaş amalga oşiriladi. Şundan söng qolgan dozalar bilan ham emlaş yölga qöyiladi. Bu uziliş faqat emlaş jarayonini rejalaştiriş uçun qilinmoqda», deydi SES mutasaddisi.

Eslatib ötamiz, 5 va 6 avgust kunlari Özbekistonga 2 mln doza xitoy-özbek vaktsinasi olib kelindi va şu vaqtgaça keltirilgan vaktsina miqdori 14 mln 580 ming 60 dozaga (370 ming doza «Sputnik V», 710 ming doza AstraZeneca, 10,5 million doza ZF-UZ-VAC-2001, 3 million 60 doza Moderna) yetdi.

SSV maʼlumotlariga köra, 7 avgustgaça Özbekistonda koronavirusga qarşi jami 10 025 266 doza vaktsina qöllab bölingan.

×