Yer aholisi misli körilmagan issiq havodan ogohlantirildi

Yer aholisi misli körilmagan issiq havodan ogohlantirildi

Yer sayyorasi misli körilmagan issiqlik davriga kirib bormoqda, kuçayib borayotgan El-Nino hodisasi esa yaqin oylardayoq yangi harorat rekordlariga olib kelişi mumkin. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotib Antoniu Guterriş maʼlum qilib, hukumatlarni aholini himoya qiliş çoralarini tezlaştirişga va qazilma yoqilğidan foydalanişni yanada kengaytirişdan voz keçişga çaqirdi.

BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida sözga çiqqan Guterriş dunyo allaqaçon ekstremal ob-havo hodisalari sodir bölgan yozni boşdan keçirganini taʼkidlagan: rekord darajadagi issiqlik tölqinlari, Ispaniya, Frantsiya va boşqa mamlakatlardagi yirik örmon yonğinlari, şuningdek, Dunyo okeani yuzasining rekord darajadagi harorati. Uning sözlariga köra, Jahon meteorologiya taşkilotining (JMT) oxirgi prognozi bu şunçaki boşlanişi ekanini körsatmoqda.

JMT maʼlumotlariga köra, El-Nino kuçayişda davom etadi va 2026 yilning avgust-oktyabr oylari oraliğida yuqori intensivlikka erişadi. Uşbu iqlim hodisasining rivojlanişini belgilaydigan Tinç okeani yuzasining harorati şakllanişning bunday erta bosqiçi uçun allaqaçon rekord darajada yuqori körsatkiçga yetgan va ösişda davom etmoqda. Yaqin oylarda deyarli butun quruqlikda havo harorati iqlimiy meʼyordan yuqori bölişi kutilmoqda.

Guterriş El-Nino nafaqat haroratga, balki yoğingarçilik rejimiga ham taʼsir qilişini qayd etgan. Xususan, Hindistondagi musson mavsumi odatdagidan ança kuçsizroq bölgan, keyingi prognozlar esa vaziyatning yomonlaşuviga işora qilmoqda. Janubiy Hind okeani dipoli bilan birgalikda bu dunyoning turli mintaqalarida qurğoqçilik, suv taşqini va örmon yonğinlarini kuçaytirişi mumkin.

“Xulosa aniq: iqlim inqirozi şiddat bilan ortmoqda”, deydi Boş kotib.

Uning sözlariga köra, ekstremal issiqlik azaldan “jimjiloq qotil” deb hisoblanadi, ammo hatto bu taʼrif ham muammo kölamini töliq aks ettirmaydi, çunki yuqori harorat taʼsiri bilan boğliq köplab ölim holatlari rasman hisobga olinmaydi. Issiqlik şifoxonalar, energetika tizimlari va transport infratuzilmasiga ortiqça yuklama tuşiradi, bundan esa eng köp aholining zaif qatlamlari aziyat çekadi.

BMT rahbari ikki yil avval ekstremal issiqlik munosabati bilan harakat qilişga global daʼvat bilan çiqqanini eslatib ötgan. Uşbu davr mobaynida köplab mamlakatlar prognoz qiliş va erta ogohlantiriş tizimlarini takomillaştirgan, 250 dan ortiq şahar Beat the Heat taşabbusiga qöşilgan va aholini himoya qiliş rejalarini qabul qilgan. Biroq Guterrişning sözlariga köra, isiş surʼatlari hali ham körilayotgan çoralarni ortda qoldirmoqda.

U saʼy-harakatlarni törtta yönalişga qaratişga çaqirgan: erta ogohlantiriş tizimlari va harakatlar rejasi yordamida odamlarni himoya qiliş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş, şaharlar va infratuzilmani ekstremal issiqlikka moslaştiriş hamda iqlim inqirozining asosiy sababini bartaraf etiş.

Boş kotibning sözlariga köra, dunyo hali ham qazilma yoqilğidan voz keçişga juda kam eʼtibor qaratmoqda. U kömir, neft yoki gazni qazib oliş böyiça har bir yangi loyiha kelajakdagi issiqlik tölqinlarini yanada xavfliroq qilişidan ogohlantirgan. Şu bilan birga, baʼzi hukumatlar hali ham 2030 yilga borib global isişni 1,5 daraja atrofida uşlab turiş stsenariysi yöl qöyadiganidan ikki baravardan ziyod köproq qazilma yoqilği qazib olişni rejalaştirmoqda.

JMT rahbari Selesta Saulo El-Nino eng sinçkovlik bilan kuzatiladigan iqlim hodisalaridan biri bölib qolayotganini, ammo prognozlarning özi oqibatlarning oldini ololmasligini taʼkidlagan. Uning sözlariga köra, hozirgi vaziyat hukumatlarga xavf-xatarlarni oldindan baholaş va eng xavfli oqibatlar namoyon bölişidan oldin çora köriş imkoniyatini beradi.

JMT prognoziga köra, avgustdan oktyabrgaça havo harorati Afrikaning katta qismida, Janubiy Yevropada, Arabiston yarim orolida, Hindiston yarim orolida, Şarqiy Osiyoda, Markaziy Amerikada, Karib havzasi mamlakatlarida, Janubiy Amerikaning katta qismida va Yangi Zelandiyada meʼyordan yuqori böladi. Seryoğinroq şaroit Buyuk Afrika şoxi hududida, Markaziy Osiyoning bir qismida, Janubiy Yevropada, Şimoliy Amerikaning ğarbida va Janubiy Amerikaning janubi-şarqida kutilmoqda, qurğoqçil ob-havo esa Hindiston yarim orolida, Avstraliyaning janubiy va şarqiy qismida, Markaziy Amerikaning janubida, Karib havzasining ayrim hududlarida, Janubiy Amerikaning şimoli-ğarbida va Şimoliy Yevropada prognoz qilinmoqda. 


Teglar:
×