Ayol badan, çap köz, oğiz, lab va yuz terisi kuyişi tarzidagi tan jarohatlari olgan.
IIV Matbuot xizmatining xabar berişiça, 2021 yil 9 iyul kuni Namangan viloyati Namangan şahar Davlatobod tumanida yaşovçi 1980 yilda tuğilgan ayol soat 22:30 larda xususiy şifoxonada navbatçilik qilib turgan vaqtida Murodjon ismli tanişi u bilan körişib, gaplaşib oliş maqsadida uning oldiga kelgan.
Şundan söng, ular özaro gaplaşib ötirgan vaqtida Murodjon ayolni böynidan böğib, undan pul yoki boşqa moddiy qimmatlikdaki buyumlarni berişini talab qilgan.
Şuningdek, uning yuzga polietilen idişda bölgan suyuqlikni sepib, ayolning böynidagi 3 mln sömlik zanjir, quloğidagi 4,5 mln sömlik zirak hamda 4,5 mln sömlik Huawei telefonini bosqinçilik yöli bilan olib, hodisa joyidan ketgan.
Qayd etilişiça, ayol badan, çap köz, oğiz, lab va yuz terisi kuyişi tarzidagi tan jarohatlari olgan.
Olib borilgan suriştiruvga köra, uşbu jinoyatni Andijon viloyati Baliqçi tumanida yaşovçi 1998 yilda tuğilgan N.Murodjon sodir etganligi aniqlanib, jabrlanuvçi tomonidan tanib olingan hamda daliliy aşyo — ayollar zanjiri, ziragi va Huawei telefoni olingan.
Uşbu holat böyiça 2021 yil 10 iyul kuni JKning 164-moddasi (bosqinçilik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









