“Har bir Siyosiy efirimda onamning umri 5 yilga kamayib ketyapti” - OTAJONOV

“Har bir Siyosiy efirimda onamning umri 5 yilga kamayib ketyapti” - OTAJONOV

Avvalroq sobiq xonanda Jahongir Otajonov Özbekiston prezidentligiga öz nomzodini qöymoqçi ekanligi haqida xabar bergan edik. Otajonov endi ortiq siyosiy faoliyat bilan şuğullanmoqçi emas. Bu haqda u özining Instagram’dagi sahifasida maʼlum qildi.

“Siyosiy masalada jonli efir taşkil qilmaganimga 15 kun böldi. Har bir efirimda onamning umri 5 yilga kamayib ketyapti. Ota-onamning har kuni yiğlab ötirişi men uçun qimmatga tuşmoqda. Hattoki, Prezident bölib qolsam, bularga biror kor-hol bölsa, menga tatimaydi. Şuning uçun, men butun jamoatçilikdan uzr sörayman. Hozirça, siyosatdan çekinib turaman. Qismat bölsa, balki siyosiy faoliyatimni davom ettirsam ham har kuni onamning “ölişini” körib ötiriş meni çarçatdi”, deydi u.

Otajonov sözida davom etar ekan, butun jamiyat va siyosatçilardan yana bir bor uzr söradi:

“Butun jamoatdan, butun vatandoşlardan, borki siyosatçilardan va borki partiya aʼzolaridan uzr sörayman. Hozirça bu işni davom ettira olmayman. Çunki, onamni köndiriş uçun 6 oy kuraşdim. Lekin siyosiy faoliyat oson emas ekan, bularning har kuni siqilişi meni çarçatdi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ham omad tilayman. Nimaiki bölsa, xalqimizning foydasi uçun bölsin”.

Murojaat yakunida Jahongir Otajonov onasiga yuzlanib, uning şarafiga “Onam uçun” deb nomlangan kontsert berişini aytdi.

Eslatib ötamiz, Jahongir Otajonov 2020 yil dekabr oyida sanʼatdan ketganini eʼlon qilgan edi. Oradan köp ötmay u joriy yilda Özbekistonda ötkaziladigan prezidentlik saylovida nomzodini qöymoqçiligini ommaga maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik foydalanuvçilar Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qöyiş töğrisidagi murojaatini hazilga yöydi va “piar” sifatida qabul qildi.

Buning ortidan, u Prezident böliş niyati jiddiy ekanini taʼkidlab, özining şu mavzudagi ikkinçi videomurojaatini qoldirdi. U galdagi murojaatida davlat rahbarining lyuks saroylarda yaşaşiga qarşi ekanini aytib ötdi.

Şuningdek, u Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga videomurojaat yöllab, unda Prezidentdan özini tuman hokimi qilib tayinlaşni söradi.

Şundan söng, yangi partiya tuzmoqçi bölgan Otajonov Adliya vazirligiga taşrif buyurdi. Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Örinboyevaning taʼkidlaşiça, Jahongir Otajonov yangi partiya tuziş maqsadida Adliya vazirligiga haqiqatan ham kelgan. Lekin partiya tuzişning ham öziga yaraşa talablari bor.

“Jahongir Otajonov yangi partiya tuziş maqsadida Adliya vazirligiga taşrif buyurdi. Lekin partiya tuzişning ham öz talablari bor. Qonunçilikka köra, uşbu partiyani kamida 20 ming odam qöllab-quvvatlab, imzolaşi kerak. Uning murojaati örganib çiqiladi va jamoatçilikka alohida maʼlumot taqdim etiladi”, deydi Örinboyeva.

Joriy yilning 29 iyun kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Jahongir Otajonov murojaatlarining birida tuhmat va haqorat qiliş alomatlari mavjud bölgani sababli, holatga tegişli tartibda huquqiy baho berilişini maʼlum qilgandi.

×