4 iyun kuni Özbekiston prezident Şavkat Mirziyoyev «Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda «Özbekistona 24» telekanali
Iqtisodiy rivojlaniş va qaşşoqlikni kamaytiriş vazirligi va Moliya vazirligining 2021 yil 1 iyuldan boşlab pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlarini qayta körib çiqiş töğrisidagi takliflarini inobatga olgan holda:
a) belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvçi şaxslarga pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy etilsin.
Bunda, iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalarning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda 256 675 sömdan 400 000 sömga oşiriladi;
b) belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir va nogironlik böyiça pensiyalari miqdori 565 000 sömga yetkazildi;
v) zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 sömdan 400 000 sömga yetkazildi;
g) boquvçisini yöqotganlik:
pensiyasi oluvçilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun qöşimça tölov joriy etildi;
pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 sömdan 400 000 sömga oşirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi;
nafaqasi oluvçi oilalarning barça aʼzolarini qamrab oliş maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun nafaqa miqdori 400 000 söm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun 150 000 sömdan qöşilişi belgilandi;
d) bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 sömdan 565 000 sömga oşirildi.
Moliya vazirligiga uşbu harajatlarni byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi mablağlari va davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriş uçun zarur mablağlarni ajratiş topşirildi.
Avvalroq, Özbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati 440 ming söm etib belgilani haqida xabar berilgan edi.









