«UzAuto Motors» byudjetga yarim trillion söm tölamagani maʼlum böldi

«UzAuto Motors» byudjetga yarim trillion söm tölamagani maʼlum böldi

2019 yil 1 oktyabrdan boşlab yurtimizda işlab çiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan tölanişi belgilangan.

Hisob palatasining maʼlum qilişiça, «Özavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilari tomonidan 2020 yil davomida yiğim tölanmasdan kelinmoqda. Masalan, «UzAuto Motors» AJ tomonidan 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd söm yiğim tölanmagan.

Şu sababli Hisob palatasi «Özavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari işlab çiqaruvçilarni yiğim tölaşdan ozod etişni belgilovçi imtiyozni qayta körib çiqiş maqsadga muvofiqligini taʼkidlamoqda.

×