Hindistonning Induar şahrida koronavirusga çalingan bemorda zamburuğ kasalligi — “yaşil moğor” aniqlandi. Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi Madhya-Pradeş ştati Soğliqni saqlaş departamenti vakillariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, bu mamlakatda “yaşil moğor” kasalligining birinçi holatidir. Taʼkidlanişiça, 34 yoşli erkak sönggi bir yarim oy davomida şifoxonada davolanmoqda, uning öpkalari infektsiya bilan 90 foiz zararlangan.
Induar fuqarosi koronavirusdan tuzalgaç, burnidan qon keta boşlagan va isitmasi kötarilgan. Şifokorlar u mukormikoz yoki “qora moğor” kasalligiga çalingan deb taxmin qilgan. Ammo tekşiruv natijasida “yaşil moğor” — zamburuğ kasalligining aspergillez varianti aniqlangan. Hozirda erkak Mumbaydagi tibbiy muassasada davolanmoqda. Hindistonda aniqlangan kasallik Misrga yetib bordi
Avvalroq, Hindistonda “qora moğor”ga çalingan va undan vafot etganlar soni ortayotgani haqida xabar bergandik.
Eslatib ötamiz, Hindistonda “oq moğor”, “qora moğor” va “sariq moğor” tarqalişi qayd etilgan.
manba: Qalampir.uz









